Xorazmda bolalar uyidagi voyaga yetmagan qizlar bilan jinsiy aloqa qilib kelgan sobiq adliya va FVV mansabdorlari harakatida kuç işlatib, nomusga tegiş alomatlari (JK 118-modda) topilmagan. Boş prokuror örinbosari va Oliy sud raisi örinbosari jinoyatçilarga tayinlangan 3 yillik qamoq hukmi yuzasidan tuşuntiriş berdi.
3 noyabr kuni Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati appelyatsiya instansiyasi tomonidan pedofiliyada ayblangan xorazmlik sobiq amaldor işi yopiq tarzda körib çiqildi.
Apellyatsiya instansiyasi Xorazm viloyati Adliya boşqarmasining sobiq boşliği Oybek Maşaripov va Yangiariq tuman FVB sobiq boşliği Anvar Kuryazovlarga nisbatan Xiva tuman sudining 2022 yil 6 sentabrdagi hukm bekor qildi.
Ayblanuvçilar Jinoyat kodeksining oldingi tahrirdagi 128-moddasi 1-qismi (16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) va 128-1-moddasi (16 yoşdan 18 yoşgaça bölgan şaxsga moddiy qimmatliklar beriş yoxud uni mulkiy manfaatdor etiş orqali u bilan jinsiy aloqa qiliş)da nazarda tutilgan jinoyatda aybdor deb topildi va ularning har biriga uzil-kesil 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Sud yakunlangaç, şu kuni AOKAda brifing ötkazildi va unda Oliy sud raisi örinbosari Ikromjon Muslimov va boş prokuror örinbosari Svetlana Ortiqova hukm yuzasidan tuşuntiriş berdi.

“Iş qayta körilişni boşlaganda sudlanuvçilarning harakatlarida Jinoyat kodeksining 118-moddasi alomatlari bor-yöqligi tekşirilgan, buning uçun sudga taalluqli bir qança ekspertizalar ötkazilgan.
JK 118-moddasining dispozitsiyasiga köra, bu modda bilan ayblaş uçun qörqitiş, jabrlanuvçi ojizligidan foydalaniş, zörlik işlatiş alomatlari bölişi kerak. Lekin qöşimça protseduralar vaqtida ikki ayblanuvçining harakatlarida bunday alomatlar topilmadi.
Bizning fikrimizça, tergov organi ikki sudlanuvçining harakatini 128-modda 1-qismi va 128-1-modda bilan töğri malakalangan”,












