O‘zbekiston | 10:30 / 04.11.2023
6544
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Anqaraga ilk parvoz amalga oshirildi!

Foto: Uzbekistan Airways

Bugun, 4 noyabr kuni Uzbekistan Airways Toshkentdan Anqaraga birinchi muntazam aviaqatnovni amalga oshirdi. Parvozlar har hafta, shanba kunlari amalga oshiriladi. Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch va Farg‘onadan Istanbulga ham hozirgi kunda muntazam reyslar amalga oshirilib kelinmoqda.

Turkiya Uzbekistan Airways yo‘lovchilari orasida eng mashhur yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Uzbekistan Airways 4 noyabrdan boshlab aviakompaniya tarixida birinchi marta Turkiya Respublikasi poytaxti – Anqara shahriga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshira boshlayapti. Kichik Osiyodagi eng qadimiy shaharlardan biri mukammal infratuzilma, hamyonbop turar joylar, keng jamoatchilikka uncha ma’lum bo‘lmagan joylarga tashrif buyurish va turk hayotining haqiqiy muhitini his qilish imkoniyatini taqdim etadi. Agar Istanbul Turkiyaning qalbi bo‘lsa, uning yuragi aniq Anqaradir. 

Toshkent – Anqara – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar har hafta, shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

•       Toshkentdan jo‘nab ketish Toshkent vaqti bilan soat 06:15 da;

•       Anqaraga yetib kelish Anqara vaqti bilan soat 09:15 da;

•       Anqaradan jo‘nab ketish Anqara vaqti bilan soat 10:45 da;

•       Toshkentga yetib kelish Toshkent vaqti bilan soat 16:50 da.

Parvozlar loukoster tizimidagi Uzbekistan Airways Express samolyotlarida amalga oshiriladi. Toshkentdan Anqaraga bo‘lgan aviachiptani 2 152 000 so‘mdan, Toshkent - Anqara - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 4 233 000 so‘mdan xarid qilish mumkin!   

Turkiyaga bo‘lgan parvozlar jadvali bilan tanishib, aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com saytidan 3% chegirma bilan, mobil ilova orqali, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

Reklama

Mavzuga oid