Qişloq xöjaligida ham raqobat kerakligi haqida köp gapirildi. Ammo paxta klasterlari uçun soğlom raqobatçi ölaroq kurtak oçişga urinayotgan, köngilli birlaşuv orqali yuzaga kelayotgan kooperativçilik harakatiga qarşi joylarda kör-körona kuraş ketmoqda.

Sentyabr oyida Kun.uz'ga Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida faoliyat yurituvçi bir guruh fermerlardan murojaat kelib tuşgandi. Fermerlar öz murojaatida joriy yilda işlab-çiqariş kooperativiga birlaşib, öz mablağlari hisobidan paxta yetiştirişgani, lekin uning faoliyatiga mahalliy agroinspeksiya tösiqlar qöyganidan şikoyat qilgandi.

“17 ta fermer xöjaligi birlaşib, Mingbuloq tumanida kooperativ tuzganmiz. 2023 yil 10 yanvarda davlat xizmatlari markazidan röyxatdan ötgan holda faoliyat boşladik. Maqsadimiz – bir kişi eplolmagan işlarni köpçilik bölib amalga oşiriş edi”, deya yozadi murojaatda “Bahrombek Abdurasuloviç” fermer xöjaligi rahbari Abdurasul Hamdamov.

“Zadaryo Şuhrati” fermer xöjaligi rahbari Qosimjon Mamasoliyev esa quyidagilarni ma’lum qilgan:

“Biz kooperativda faqat özimizning resurslarga tayangan holda iş olib borişga kelişib olganmiz. Şu prinsip bilan bu yil barça xarajatlarni öz hisobimizdan qilib, paxta yetiştirdik. Qonunçilik me’yorlariga ham töliq amal qilyapmiz. Taşkiliy jihatdan barça işlarimiz qonuniy. Qayta işlaşni yölga qöyişni ham reja qilganmiz. Eski, işlamay qolgan zavodni ta’mirlab, paxtani qayta işlaşga tayyorladik. Bundan taşqari, Qişloq xöjaligi vazirligi bilan hamkorlikda Agroplatforma, Agro-online tizimlariga töliq ulandik. Mahsulotimiz vazirlik platformasida hisobga kiryapti, statistikasi yuritilyapti.

Viloyat va tuman hokimliklariga iş boşlaganimizni ma’lum qilib, bir neça bor xat yubordik. Hozirda 70 ta iş örni yaratganmiz, turli soliq va tölovlarni hisoblaganda, davlat budjetiga 6 mlrd söm atrofida pul tölar ekanmiz. 800 gektar maydonda paxta ekdik. 3,3 tonnaga yaqin hosil paxta topşirişimiz kerak.

Ammo özimiz yetiştirgan paxtani özimiz işga tuşirgan zavodga olib borişimizga tösqinliklar bölyapti. Agroinspeksiya viloyat bölimi orqali paxta zavodimiz faoliyatiga bölmağur vajlar bilan taqiq qöyildi. Bu sun’iy tösiqlar paxta hosilimizni majburiy ravişda klaster zavodiga topşirişimiz uçun bölyapti. Bizning esa klaster bilan şartnomamiz ham, majburiyatimiz ham yöq. Qonun böyiça istalgan klasterga topşiriş huquqiga egamiz. Lekin bu narsalar faqat qoğozda qolyapti. Tuman hokimligi va boşqa taşkilotlar tomonidan faoliyatimizga qarşiliklar köp bölyapti