AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu 4−11 noyabr kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonga tashrif buyuradi.
AQSh Davlat departamenti xabariga ko‘ra, Donald Lu Qo‘shma Shtatlarning Markaziy Osiyo bo‘yicha delegatsiyasiga boshchilik qiladi.
Lu o‘z safarini Qozog‘istonga tashrif bilan boshlaydi, so‘ng Toshkentga keladi va AQSh-O‘zbekiston strategik sheriklik muloqoti yig‘ilishida Amerika delegatsiyasiga boshchilik qiladi.
Davlat kotibi yordamchisi O‘zbekiston hukumati rasmiylari bilan uchrashib, mintaqaviy muammolarni hal qilish, xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, savdo va investitsiyani diversifikatsiya qilish uchun ikki davlatning xavfsizlik sohasidagi sherikligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.















