O‘zbekiston | 18:06 / 07.11.2023
10778
2 daqiqa o‘qiladi

Humo bankomatlarida pul yechish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi

Humo bankomatlarida pul yechib olishda naqd pul bermaslik holatlari ko‘payganligi sababli ayrim bankomatlar vaqtincha o‘chirib qo‘yiladi.

Foto: Kun.uz

Ayni paytda Humo bankomatlarida pul yechib olishda bir qator muammolar paydo bo‘lmoqda. Mikrokreditbank rasmiy sahifasida Humo  to‘lov tizimi foydalanuvchilariga murojaati e’lon qilindi.

Hozirda Humo bankomatlarida pul yechib olishda naqd pul bermaslik holatlari ko‘payganligi sababli ushbu vaziyatga aniqlik kiritilgunga qadar ba’zi bankomatlar vaqtincha o‘chirib qo‘yiladi.

Uzilish Humo bankomatlarining taxminan 30 foiziga ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu bankomatlarning qachon ishlashi haqida alohida xabar beramiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy davomida ham Humo kartalari orqali onlayn to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda bir necha kunlik nosozliklar kuzatilgandi.

Markaziy banki rahbari Mamarizo Nurmurodovga ko‘ra, to‘lov tizimi faoliyatidagi muammolar dasturiy ta’minot yangilanishi bilan bog‘liq. 

Mavzuga oid