3 noyabr kuni qöşni Qozoğistonda Turkiy Davlatlar Taşkilotining 10-sammiti bölib ötdi. Unda taşkilotga a’zo beş davlat – Özbekiston, Turkiya, Qozoğiston, Ozarbayjon va Qirziğiston hamda kuzatuvçi maqomidagi Turkmaniston va Vengriya davlatlari rahbarlari iştirok etdi.
Şu kunlarda Turkiya Respublikasi 100 yoşga töldi. Qozoğiston ham ötgan haftada “Respublika kuni”ni bayram qildi. Mintaqa va dunyoda juda tarang geosiyosiy vaziyat şakllangan. Şimolda Ukraina-Rossiya uruşi davom etmoqda. Janubda Isroil-Falastin uruşi avjida. Afğonistonda ham tinçlik va barqarorlik töliq mustahkamlangani yöq, u yerda ijtimoiy-iqtisodiy zöriqiş, yaşirin va oşkora muammolar böy körsatib turibdi. Global miqyosda AQŞ va Xitoy, AQŞ va Rossiya Federatsiyasi örtalaridagi strategik tiraşuv kuçayib bormoqda.
Mana şu fonda, turkiy davlatlar liderlari Ostonada uçraşib, özaro hamkorlik, Turkiy Davlatlar Taşkiloti doirasidagi birlik va hamjihatlik, qolaversa, global vaziyat borasidagi qaraşlarni tartibga soliş uçun uçraşib, fikr almaşişdi.
Sammitda birinçi bölib Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi. Mirziyoyevga köra, bugun Turkiy Davlatlar Taşkiloti doirasida 160 million inson istiqomat qilmoqda, a’zo davlatlarning barçasi özaro strategik şeriklik maqomidagi munosabatlarni örnatgan.
Özbekiston prezidenti öz nutqida Falastin atrofida keçayotgan oğir gumanitar vaziyatga ham töxtaldi. Prezident ta’biriga köra, halqaro maydonda işonç inqirozi oşib bormoqda, ba’zi davlatlar xalqaro huquqdan çekinmoqda. Ma’lumki, BMTning köplab retsolyutsiyalariga köra, Falastin davlati taşkil topişi kerak va şart. Prezident Mirziyoyev mana şu holatni eslatib, Turkiy Davlatlar Taşkilotiga a’zo barça davlatlar aynan mana şu pozitsiyada bölişi, Falastin davlati taşkil topişini talab qilişi kerakligini bildirib ötdi.
Mirziyoyev öz çiqişida yetti punktdan iborat takliflarni bildirdi, muammoli holatlarga e’tibor qaratdi.
Birinçidan, turkiy dunyo xartiyasini işlab çiqiş kerak. Bu xartiya orqali, turkiy davlatlar va xalqlar örtasidagi hamjihatlik va birlikni ta’minlaş kerak. Aslida ham, agar qaraşlar, qadriyatlar va standartlar örtasida öxşaşlik bölmasa, integratsiya haqida gapiriş imkonsiz böladi. Mirziyoyev turkiy davlatlar örtasidagi içki va yaşirin ziddiyatlar, raqobat va işonçsizlik ruhiyatini yöqotiş uçun mana şunday xartiya zarar ekanligini bildirdi.
Ikkinçidan, Turkiy taraqqiyot bankini taşkil qiliş kerakligi aytildi. Bankning boş ofisini Toşkentda joylaştiriş uçun Özbekiston joy berişga tayyor ekanini bildirildi.
Uçinçidan, turkiy davlatlar örtasidagi savdo hamkorligini kuçaytiriş uçun alohida çora-tadbirlar amalga oşiriş kerakligi aytildi.
Törtinçidan, global logistika zanjirini şakllantiriş, buning uçun turkiy davlatlarning temiryöl kengaşini tuziş kerakligi aytildi. Bu kengaşning boş direksiyasi uçun ham rasmiy Toşkent joy berişga tayyorligi bildirildi.
Beşinçidan, prezident ekologik muammolarga yeçim topiş maqsadida, Turkiy Davlatlar Taşkilotiga a’zo davlatlarining vazirlar darajasidagi ekologik forum taşkil qiliş zaruratini aytdi.
Oltinçidan, prezident turkiy dunyo kreativ yoşlar markazini Özbekistonda oçiş niyati borligini bildirdi.
Va nihoyat, davlat rahbari Afğonistondagi vaziyatga e’tibor pasayib ketganini, lekin turkiy davlatlarning barçasi uçun, tinç va barqaror Afğoniston kerakligini aytdi. Tinç va rivojlanayotgan Afğonistonga erişiş uçun, taşkilot davlatlari bu davlatni oyoqqa turişi uçun alohida e’tibor qaratişi kerak deyildi.
Sammitdagi eng asosiy xorijiy mavzu – Falastin-Isroil mojarosi böldi. Turkiya prezidenti Erdöğan Isroilning qilayotgan işlarini insoniyatga qarşi jinoyat deb atadi. Qozoğiston prezidenti Töqayev Falastin xalqiga 1 mln dollar miqdorida yordam körsatilişini ma’lum qildi. Özbekiston esa bundan bir neça kun oldin 1,5 mln dollar ajratgan edi.
Sammit çoğida Mirziyoyevga bu taşkilotning eng oliy mukofoti – Turkiy dunyo oliy ordeni topşirildi.
Ta’kidlaş kerakki, Turkiy Davlatlar Taşkiloti va unga a’zo davlatlar örtasidagi hamkorlik keyingi 4-5 yilda haqiqatda jonlandi, barqaror muloqot va hamkorlik maydoniga, yagona qaraşga ega platformaga aylandi. Buning sababi köp jihatdan taşkilotga Özbekistonning kirib kelgani va özini uşbu taşkilotning asosiy taşabbuskori sifatida namoyon qilgani bilan boğliq.
Kamoliddin Rabbimov,
siyosatşunos












