Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stadion va futbol maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi
Hududlardagi barcha stadion va futbol maydonlari xatlovdan o‘tkazilib, ta’lim va sport tashkilotlari hamda egasi noma’lum stadion va futbol maydonlaridan sport faoliyati bilan bog‘lik bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
«Futbol-ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
2023 yil 31 dekabrga qadar hududlardagi barcha stadion va futbol maydonlari xatlovdan o‘tkazilib, ta’lim va sport tashkilotlari hamda egasi noma’lum stadion va futbol maydonlaridan sport faoliyati bilan bog‘lik bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi hamda ularni ta’mirlash va maqsadli foydalanilish tashkil etiladi.
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab mini-futbol infratuzilmalari mavjud ta’lim tashkilotlarida sport seksiyalari faoliyati, ular o‘rtasida tizimli musobaqalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
2024-2025 yillar davomida Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun mini-futbol bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi.
2025 yildan boshlab ta’lim tashkilotlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilishda mini-futbol maydonlari tashkil qilinishi inobatga olinadi hamda zarur mablag‘lar ajratilishi nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
20:33 / 04.06.2026
Jahon chempionatida irqchilik holatlari yuz bersa, o‘yin butunlay to‘xtatiladi
21:10 / 31.05.2026
O‘zbekiston jamoasi futbol bo‘yicha mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi
19:05 / 29.05.2026
«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi
20:57 / 22.05.2026