Amerikaning Tesla kompaniyasi Berlin yaqinidagi Gigafactory zavodida narxi taxminan 25 ming yevro bölgan yangi «hamyonbop» elektromobil işlab çiqaradi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Işlab çiqariş qaçon boşlanişi aniq emas. Tesla bu xabarga izoh berişdan boş tortdi.
Hozir bu zavodda Yevropadagi eng xaridorgir Model Y işlab çiqarilmoqda. Uning Yevropadagi örtaça çakana narxi 65 ming yevrodan oşadi, Xitoyda esa kamroq – 31 ming yevro.
Reuters naşrining ta’kidlaşiça, Tesla asosçisi Ilon Mask ançadan beri arzonroq elektromobil yaratişni rejalaştirgan, biroq 2022 yilda u texnologiya hali özlaştirmaganini aytib, bu ğoyani keyinga qoldirgan edi.
Tesla arzon elektromobil orqali 2030 yilgaça bozordagi uluşini 20 millionga yetkazişni maqsad qilgani aytilmoqda.
TAdviser ma’lumotlariga köra, Tesla 2022 yilda elektromobillar savdosi böyiça dunyoda uçinçi örinni egallab, taxminan 1,3 million avtomobilni sotgan. Kompaniyaning global uluşi taxminan 10,3 foizni taşkil etdi.
2023 yilda Tesla elektromobillar işlab çiqarişni 2 million donaga yetkazişni rejalaştirmoqda. Bu kompaniyaning bozordagi uluşini 12-13 foizgaça oşiriş imkonini beradi.












