“Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun madaniyat va san’at xodimlariga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Prezident qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va san’at sohasi vakillariga hamda iste’dodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, prezident farmoniga muvofiq belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda subsidiya beriladi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy-joy sotib olish uchun madaniyat va san’at xodimlariga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:

uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali va foizlarning bir qismini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplab berish;

uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalarini ko‘rib chiqish;

“Birlamchi uy-joy bozoridan sotib olinadigan kvartiralar hamda yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlarning bir qismini mahalliy budjet hisobidan qoplab berish” sotib olinadigan yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish, uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni to‘lab berish tartibi.

Belgilanishicha:

har yili mahalliy budjetdan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi va ikkilamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshiriladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va san’at sohasi vakillariga hamda iste’dodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun 192,5 mln so‘mdan hamda Toshkent shahri uchun 245 mln so‘mdan yuqori bo‘lmagan miqdorda bir martalik subsidiya beriladi;