Qozoğiston Respublikasi boş vaziri Alixan Smailov Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining (IHT) ön oltinçi sammitida iştirok etiş uçun Özbekistonga taşrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonni Toşkent xalqaro aeroportida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va boşqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan söng, yuqori martabali mehmon özi uçun ajratilgan qarorgohga jönab ketdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötadigan IHT sammitida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytiriş hamda uşbu köp tomonlama tuzilma faoliyatini takomillaştiriş masalalari körib çiqilişi közda tutilgan.