Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning «20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis» dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Tuzatishlar kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlarini manfaatli hamkorlikka yanada keng jalb qilish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan kiritilmoqda.

Xususan, hujjatga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri hamda iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosarlariga «20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasida 200 tadan ortiq ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik shartnomasini tuzish huquqini berish (amaldagi tahririda – huquq faqat vazirlarga beriladi).

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.11.2023 yildan kuchga kirdi.