Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, E20 Investment Limited qishloq xo‘jaligi va agrosanoat sohasiga ixtisoslashgan investitsiya kompaniyasi hisoblanadi.
BAA tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilgan o‘zgarishlarni yuqori baholadi va Andijon viloyatida meva va reza mevalar klasterini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
Korxona 6 ming tonna serhosil va eksportbop mevalar yetishtirishni nazarda tutuvchi loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni boshlashni rejalashtirmoqda.
Konstruktiv fikr almashish chog‘ida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va veterinariya sohalarida yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.
















