O‘zbekiston | 08:15 / 09.11.2023
2589
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistonining DATAVOLT kompaniyasi departament direktori Raid Abunayon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo AA

«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida axborot texnologiyalar sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Raid Abunayon O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lamining rivojlanishiga ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodalari tufayli erishilganini ta’kidladi. 

DATAVOLT vakili kompaniya innovatsion ma’lumotlar bazasi markazlarini barpo etish, xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish va axborot texnologiyalar sohasida hamkorlik qilishga ixtisoslashgani tufayli Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston asosiy bozor hisoblanishini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida kompaniya vakillarining O‘zbekistonga biznes missiyasini tashkil etish,  mamlakat tegishli vazirlik va idoralar bilan onlayn muzokaralar  uyushtirish xususida kelishib oldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid