Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - Turkiya oliy ta’lim muassasalari forumi tashkil etiladi
Anjumanda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 50 dan ortiq bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Joriy yilning 13-14 noyabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi bo‘lib o‘tadi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, forumda Turkiya tomonidan oliy ta’lim kengashi rahbariyati va ushbu mamlakatning 40 dan ziyod yetakchi universitetlari rektorlari, O‘zbekiston tomonidan esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika oliy ta’lim kengashi rahbariyati hamda 40 dan ziyod nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Anjumanda muhandislik-texnika ta’lim yo‘nalishlarini ustuvor sifatida ilgari surish, magistratura va doktoranturada kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi va stajirovka dasturlarini tashkil etish bo‘yicha ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 50 dan ortiq bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston-Turkiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi 2022 yil 9-10 iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida tashkil etilgan. Mazkur forum yakunlari bo‘yicha, ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 45 ta hamkorlik shartnomalari imzolangan.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026