Rossiya Pokiston, Misr, Belarus va Braziliyaga avval eksport qilgan jangovar vertolyotlardan dvigatellarni qaytarib olişga harakat qilmoqda - şu yöl bilan Moskva Ukraina bilan uruşdagi katta yöqotişlari sababli qurol-yaroğ taqçilligini qoplamoqçi, deb xabar berdi The Wall Street Journal.

«Rossiya qurol savdosini rivojlantiriş uçun önlab yillar sarfladi. Endi ruslar yaşirinça öz mijozlariga qaytib, sotgan narsalarini qaytarib olişga harakat qilmoqda», - deydi naşr manbalaridan biri.

Şu tariqa, ötgan bahorda Rossiya rasmiylari delegatsiyasi Qohiraga taşrif buyurib, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisidan Rossiyaning Mi-8 va Mi-17 vertolyotlari dvigatellarini qaytarişni söragan. Uç manbaning WSJ'ga aytişiça, Misr bunga rozi bölgan va 150 ga yaqin vertolyot dvigatellarini yetkazib beriş dekabr oyida boşlanişi mumkin. Qohira rasmiylari WSJ'ga bu ma’lumotga izoh berişdan boş tortdi.

Naşrning yozişiça, Rossiya rasmiylari, şuningdek, avvalroq Pokistonga sotilgan Mi-35M jangovar vertolyotlaridan kamida törtta dvigatel söragan. Pokiston Taşqi işlar vazirligi bunday sörov olinganini rad etdi. Moskva Braziliyadan Mi-35M'dan yana 12 ta dvigatel sotib olişga uringan. Mamlakat Taşqi işlar vazirligi bu sörovni bajarişdan boş tortganini, çunki urişayotgan tomonlardan biriga qurol-yaroğ yuborilişiga qarşi ekanini bildirdi. Bundan taşqari, Belarus hukumati Moskvaga Mi-26 oğir vertolyotlari uçun oltita dvigatelni sotişga rozi böldi, deb yozadi WSJ manbalarga tayanib.

Armaniston uçun möljallangan qurollar Ukraina bilan uruşga yuborilgan

Boşqa hollarda, Rossiya Ukrainadagi janglarni davom ettiriş uçun qurol eksporti biznesini qurbon qildi: masalan, Hindiston va Armaniston uçun möljallangan qurollar front çiziğiga yönaltirildi, deb yozadi WSJ.

Armaniston, xususan, «Grad» va «Uragan» kabi bir neçta raketa tizimlari uçun oz miqdordagi öq-dorilarni oldi, deyiladi materialda. Natijada sentabr oyida Ozarboyjon Toğli Qoraboğda maxsus operatsiya ötkazganida arman kuçlarida qurol-yaroğ yetişmovçiligi kuzatildi.