Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Germaniyaga borib, Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qiladi
Olaf Shols va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an boshqa masalalar qatori Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilish niyatida, deya xabar beradi Berlin. Isroil-Falastin mojarosi borasida ikkala tomon turlicha fikrda.
Germaniya kansleri Olaf Shols 17 noyabr kuni Berlinda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni qabul qiladi. Tomonlar Yaqin Sharqdagi vaziyatni ham ko‘rib chiqadi, dedi Germaniya hukumati rasmiy vakili vazifasini bajaruvchi Kristiane Xoffman 10 noyabr, juma kuni.
«Ma’lumki, federal hukumat va Turkiya prezidentining HAMASga munosabati turlicha», ammo fikr almashuvi juda muhim, deb ta’kidladi rasmiy Berlin.
Bundan tashqari, Turkiya davlat rahbari Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashadi.
Nemislarning yarmi - Turkiya prezidenti tashrifiga qarshi
Ayni paytda, Germaniya aholisining deyarli yarmi Erdo‘g‘anning mamlakatga tashrifiga qarshi. YouGov jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda respondentlarning 45 foizi Erdo‘g‘anga taklifni bekor qilish tarafdori bo‘lgan. Shu bilan birga, so‘rovda qatnashganlarning har uchdan biri (32 foiz) Germaniya kansleri Turkiya rahbarini qabul qilishi kerak, deb hisoblaydi.
10 noyabr kuni Turkiya prezidenti Isroilni ekspansiyaga intilayotganlikda aybladi. Erdo‘g‘an Anqarada Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk vafotining 85 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Isroil «endigina 75 yil bo‘lgan va qonuniyligi o‘z fashizmi tufayli shubhali bo‘lib qolgan davlatni qurishga harakat qilmoqda», deya ma’lum qildi. Bundan tashqari, Isroil «Falastin xalqi minglab yillar davomida yashab kelayotgan yerni egallab olish uchun kuch ishlatgan», deb hisoblaydi Turkiyaning amaldagi rahbari. Erdo‘g‘an avvalroq HAMASni «ozodlik guruhi» deb atagan edi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 10 800 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
18:10 / 15.05.2026
Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
12:03 / 23.04.2026