Qöşrabot tumanida ota farzandlari uçun 300 million söm aliment töladi. Bu haqda MIB matbuot kotibi Kun.uz’ga xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Fuqarolik işlari böyiça Iştixon tumanlararo sudining sud buyruğiga asosan qarzdor B.L.dan undiruvçi S.Q.ga uç nafar farzandi ta’minoti uçun aliment undiriş belgilangan. Sud qaroriga asosan ijro hujjati byuroning tuman bölimi tomonidan ijro işi yuritilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlaş maqsadida “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi qonunning 21, 87-moddalariga köra tegişli taşkilotlarga sörovnomalar yuborilgan. Olingan ma’lumotlarga asosan barça mol-mulklariga taqiq qöyilgan.

Byuroning Qöşrabot tuman bölimi tomonidan mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlaş mobaynida olib borilgan tuşuntirişlardan söng qarzdor farzandlari uçun biryöla 300 million söm aliment pulini tölab bergan.