12 oktyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahri, Yangihayot tumani sudi piyodani urib yuborib, uning ölimiga sababçi bölgan haydovçiga nisbatan hukm çiqardi. 

Iş materiallariga köra, sudlanuvçi Ş.P. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgaça ta’lim agentligining Moliya, iqtisodiyot va davlat-xususiy şeriklik boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan. U 18 iyul kuni hibsga olingan. 

Baxtsiz hodisa 4 iyun kuni sodir bölgan. Haydovçi mast holatda Nexia rusumli avtomaşinasini Yangihayot tumani, Davlatobod köçasi böylab «50−60 km/soat tezlikda» haydab ketayotib, yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborgan. Ayol şifoxonaga yetkazilgan, biroq jonlantiriş bölimida vafot etgan. 

Erkak öz aybiga qisman iqror bölgan, biroq avariyada piyodaning özi ham aybdor ekanini aytgan. U yetkazilgan zararni qoplaş uçun marhumning qarindoşlariga 100 mln söm bermoqçi bölgan. Şuningdek, voyaga yetmagan farzandlari borligini, bundan taşqari, oyiga 10 mln söm tölanadigan ipoteka krediti borligini inobatga olib, jazoni yengillaştirişni söragan. 

Sud majlisida marhumning qizi sözga çiqib, onasidan boşqa yaqin qarindoşi yöqligini, agar sudlanuvçi haqiqatan ham 50−60 km/soat tezlikda harakatlansa, onasi bunçalik oğir tan jarohati olmagan bölişini aytgan. U 100 mln sömni olişdan boş tortib, sudlanuvçini qonun doirasida jazolaşni söragan. 

Ayblanuvçi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi «a» bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş oqibatida odam ölimiga sabab böliş) bilan aybdor deb topilib, 3 yil muddatga transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qiliş bilan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.