11 noyabr kuni Londonda Yaqin Sharqdagi urush boshlanganidan buyon Falastinni qo‘llab-quvvatlab eng yirik marsh o‘tkazildi. Ayrim nashrlarga ko‘ra, aksiyada yuz minglab kishilar qatnashgan. Ular G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilishdi, Falastin tomoniga ko‘ra, bu yerda 7 oktyabrdan buyon 11 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, AQSh, Irlandiya, Fransiya, Niderlandiya, Belgiya, Italiya, Yaman, Bangladesh va Pokistonda ham falastinliklarni qo‘llab-quvvatlab yirik namoyishlar bo‘lib o‘tdi. 

Parijda Falastinni qo‘llab o‘tkazilgan namoyish. 2023 yil 11 noyabr
Luc Nobout / imago images / Scanpix / LETA

Nyu-York, AQSh

G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilgan namoyishchilar Nyu-Yorkdagi marsh vaqtida yuk mashinasi ustiga chiqib olishdi. 10 noyabr
Eduardo Munoz Alvarez / AP / Scanpix / LETA
Tayms-skver atrofida falastinliklarni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilgan marsh
Eduardo Munoz Alvarez / AP / Scanpix / LETA
Zamonaviy san’at muzeyi atrofidagi aksiya ishtirokchilari. Muzey xodimlari unga «Falastin ozod bo‘ladi» deb yozishgan.
Eduardo Munoz Alvarez / AP / Scanpix / LETA
Falastin tarafdori bo‘lgan faollar The New York Times gazetasi ofisi joylashgan binoga kirish qismiga qizil bo‘yoq sepib ketishdi
Eduardo Munoz Alvarez / AP / Scanpix / LETA

Dublin, Irlandiya