QS World University Rankings – universitetlarning xalqaro darajadagi reytingini baholab beruvçi eng nufuzli agentliklardan biri hisoblanadi. Har yili e’lon qilib boriladigan natijalarga köra, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Özbekistondagi oliy ta’lim muassasalari orasida birinçi bölib eng yuqori natija – 5 yulduzni qölga kiritdi. Uşbu reyting tizimi xalqaro miqyosda universitetni kuçli tomonlarini yaxlit köriş imkonini beradi.

Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining akademik mukammallikka, ilğor tadqiqotlarga va talabalarga yönaltirilgan yondaşuvlari, yuqori darajadagi ta’limni ta’minlaş va ösiş uçun qulay muhitni yaratişga qaratilgan sa’y-harakatlari “QS Stars” reytingida alohida e’tirof etildi va uning oliy ta’lim sohasidagi sifat mayoği bölib universitet mavqeyini yanada mustahkamladi.

2023 yilning 7-9 noyabr kunlari Malayziyada “QS Higher Education Summit: Asia Pacific – 2023” sammiti bölib ötdi va unda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti delegatsiyasi ham iştirok etdi.
Sammitda turli mavzularda muhokamalar, ma’ruzalar, taqdimotlar va “QS Stars” reytingida 5 yulduzni qölga kiritgan oliy ta’lim muassasalarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Marosimda QS Quacquarelli Symonds kompaniyasining vitse-prezidenti Ben Souter (Ben Sowter) tomonidan Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasiga oliy darajali “5 Stars”ni tasdiqlovçi sertifikat topşirildi. Şuningdek, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va QS Quacquarelli Symonds kompaniyasi örtasida QS Asia University Rankings Tracker ma’lumotlar bazasi obunasi uçun şartnoma imzolandi.

Sammit doirasida Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti sammit mehmonlari bilan uçraşuvlar ötkazdi. Xususan, QS Quacquarelli Symonds kompaniyasining boş ijroçi direktori (CEO) Jessica Turner, Malayziyadagi Özbekiston elçixonasining Savdo-iqtisodiyot masalalari böyiça maslahatçisi Farhod Ergaşev, Malayziya qirollik şahzodasi Ali Uddinuddin Ibni Tuanku Muhriz, QS Quacquarelli Symonds kompaniyasining boş konsultantlari Jak de Şampşenel va Zaim Siddiqilar, Malayziyaning UCSI universiteti rektori Hamisah Binti Tapsir, dunyoning Top-10 röyxatiga kirgan yetuk olima Syu Moy Pxang va boşqa ilmiy hamjamiyat vakillari bilan uçraşuvlar bölib ötdi. Mazkur uçraşuvlarda universitetdagi xalqaro talabalar, ta’lim oliş tillari, ta’lim yönalişlari, Malayziyadagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan özaro hamkorlik qiliş, ilmiy naşrlar sifati va sonini oşiriş böyiça yaqindan hamkorlik qilişga kelişib olindi.

















