BMT bosh kotibi Erondan HAMAS va «Hizbulloh»ga ta’sir o‘tkazishni so‘ragan
Guterrish Eron hukumatidan garovga olinganlarni ozod qilishga yordam berishni va «Hizbulloh»ni urushda ishtirok etishdan qaytarishni so‘ragan.

Foto: Mark J. Sullivan/Zumapress/picture alliance
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Eron hukumatiga HAMASga ta’sir o‘tkazish va shu tariqa isroillik garovga olinganlarni ozod qilishga ko‘maklashish, shuningdek, Livanning «Hizbulloh» guruhini Isroil bilan mojaroda ishtirok etishdan qaytarishni so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda Guterrishning o‘zi 12 noyabr, yakshanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Men Erondan ikki narsani so‘radim: birinchidan, garovdagilarni hech qanday shartlarsiz zudlik bilan ozod qilish uchun HAMASga bosim o‘tkazish. Ikkinchidan, «Hizbulloh»ga Livan bu mojaroga to‘liq aralashadigan vaziyat yaratmasligini aytish», - dedi Guterrish. «Agar «Hizbulloh» Isroilga katta hujum uyushtirsa, bu noma’lum ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ammo men bir narsaga aminmanki, Livan omon qolmaydi», dedi BMT bosh kotibi.
Guterrish: Eronning pozitsiyasi sirli
CNN Eronning bu so‘rovlarga qanday javob bergani haqida so‘raganida, Guterrish buni bilmasligini tan oldi. «Ular har doim bu mojaroga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytadi, lekin ochiqchasiga mojaroning tarqalish xavfini takrorlaydi. Bu har doim juda sirli - Eronning pozitsiyasi», - dedi BMT bosh kotibi.
Guterrish, shuningdek, BMT Livan hukumati bilan «yaqin aloqada» va «Hizbulloh» bilan muloqotda ekanini qo‘shimcha qildi. «Biz «Hizbulloh»ning keng ko‘lamli hujumi va Isroilning keng ko‘lamli javobi ko‘rinishidagi mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsani qilishimiz kerak», dedi Guterrish.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 11 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
-
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
Jahon | 23:21 / 15.05.2025
-
Makron va ro‘molcha: nima gap o‘zi?
Jahon | 22:50 / 15.05.2025
Mavzuga oid

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

12:18 / 15.05.2025
Eron AQSh ishtirokida uranni boyitish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qildi

23:35 / 14.05.2025
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda

14:10 / 14.05.2025