Buyuk Britaniya içki işlar vaziri Suella Braverman politsiyaning namoyişlarga reaksiyasi böyiça hukumat rahbarinikidan farqli pozitsiyada bölgani uçun lavozimini tark etdi. U The Times gazetasidagi kolonkasida politsiyaçilarni Falastin tarafdorlarining namoyişlariga yumşoq munosabatda bölişda ayblab maqola yozgandi.
Endilikda içki işlar vaziri lavozimini Jyeyms Kleverli egallaydi, u bungaça taşqi işlar vazirligini boşqarayotgandi. Boş vazir Rişi Sunak kutilmaganda Devid Kemeron TIVning yangi rahbari bölişini aytdi – u 2010–2016 yillarda Buyuk Britaniya boş vaziri bölgan, britaniyaliklar «breksit» uçun ovoz berganidan keyin iste’foga çiqqandi.
Braverman ötgan hafta oxirida Londonda bölib ötgan Falastin tarafdorlarining Isroilga qarşi namoyişlari arafasida çiqqan maqolasi tufayli keskinlikni kuçaytirişda ayblangandi.
The Times gazetasidagi kolonkasida Braverman politsiyani radikal kayfiyatdagi guruhlarning yahudiylarga qarşi aksiyalari iştirokçilariga haddan taşqari yumşoq munosabatda bölişda ayblagan, boşqa namoyişlar vaqtida esa ular özini ança qat’iy tutganini bildirgandi. Maqola Britaniyada kuçli böron keltirib çiqardi va boş vazir Sunakdan uni iste’foga çiqarişni talab qila boşlaşdi.
Maqola boş vaziri ofisi bilan kelişilmagan, ma’lum bölişiça Braverman Dauning-stritning maqola mazmuni va ohangini yumşatiş böyiça sörovini bajarmagan.
Suella Bravermanning iste’fosi kelasi haftada «Kuzgi bayonot» bilan çiqiş qiladigan boş vazir Rişi Sunak tomonidan vazirlar mahkamasida amalga oşiradigan keng kölamli özgarişlarini boşlab berdi.

Duşanba tongida taşqi işlar vaziri Jyeyms Kleverlini Dauning-stritda körişgan, u Houm-ofis rahbari lavozimida Bravermanning örnini egallaş uçun kelgan.
Bundan taşqari, boş vazirning Dauning-stritdagi qarorgohiga sobiq boş vazir Devid Kemeron ham kelgan, u Kleverli örniga yangi taşqi işlar vaziri böladi.
11 noyabr kuni Londonda Isroil Ğazo sektorini öqqa tutişiga qarşi navbatdagi keng kölamli namoyişlar bölib ötdi. Mahalliy politsiya aksiyada 300 ming kişi iştirok etganini bildirgan. Marş taşkilotçilari esa 800 ming kişi köçalarga çiqqanini ma’lum qilib, buni Buyuk Britaniya tarixidagi eng yirik marşlardan biri deb atagan.













