Jahon | 15:32 / 14.11.2023
4500
3 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Ukrainaga 8 mlrd yevrolik yordam taqdim etadi

Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari OAVning Ukrainaga ko‘p milliardlik yangi yordam paketi haqidagi xabarlarini tasdiqladi. Bu Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashining kuchli belgisi bo‘ladi, dedi u. 

Foto: AP

Germaniya Ukrainaga kamida 8 milliard yevro miqdorida yangi yordam taqdim etadi, dedi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius. Gap aynan shuncha miqdor haqida boryapti, deya tasdiqladi u 14 noyabr, seshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan YeI mamlakatlari mudofaa idoralari rahbarlari yig‘ilishida va bu reja amalga oshishiga umid bildirdi. Yakuniy qarorni Bundestag qabul qilishi kerak. «Men haqiqatan ham bu amalga oshishiga umid qilaman», deb qo‘shimcha qildi nemis vaziri

Pistorius Ukrainaga ko‘p milliard yevrolik yangi yordam paketini taqdim etishni amalga oshirish oson bo‘lmasligini tan oldi. Biroq, bu qarorning qabul qilinishi bir yarim yildan ko‘proq vaqt davomida Rossiyadan himoyalanayotgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning «kuchli signali» bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi u. 

Shu tariqa, Germaniya hukumati Bild am Sonntag gazetasining 12 noyabr kuni Berlinning Ukraina uchun 8 milliardlik rejasi haqidagi xabarini tasdiqladi. Bloomberg Germaniya Ukrainaga harbiy yordamni ikki baravar oshirganini xabar qildi. Rasmiylar parlamentda davom etayotgan protseduraga asoslanib, bu ma’lumotga hali izoh bermadi. Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Kiyevga yordamni sezilarli darajada oshirish rejasini tasdiqladi, xolos. 

Pistorius: YeI Kiyevga 1 millionta snaryad berish maqsadiga erisha olmaydi 

Shu bilan birga, Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Yevropa Ittifoqi Ukrainani 2024 yil martigacha 1 million artilleriya snaryadlari bilan ta’minlash maqsadiga erisha olmasligini aytdi. «Bir millionta snaryad yetkazib berilmaydi, bu - aniq», dedi u yevropalik hamkasblari bilan uchrashuvda. U mudofaa sanoatini ishlab chiqarishni oshirishga chaqirdi. 

2023 yilning mart oyida YeI Kiyevga bir yil ichida 1 million artilleriya snaryadlarini yetkazib berishga qaror qildi, asosan NATO standartiga mos keladigan 155 millimetrli snaryadlar taqdim etilishi nazarda tutilgandi. Fevraldan maygacha YeI Kiyevga 300 ming dona har xil turdagi o‘q-dorilar – artilleriya snaryadlaridan tortib raketalargacha berdi. Shu bilan birga, 10 noyabr kuni Bryussel Yevropa Ittifoqi mart oyigacha Kiyevga bir million dona o‘q-dorilar yetkazib berish niyatidan voz kechmayotganini ma’lum qildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid