FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 15 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:05 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 36,68 gradus shimoliy kenglik; 70,99 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=5,4. Chuqurlik 123 km. Zilzila episentri Toshkentdan 532 km janubi-sharqda.

Bundan oldin, 7 oktyabr kuni ertalab Afg‘onistonda 6,2 magnitudali zilzila qayd etildi, uning episentri 272 ming kishi istiqomat qiluvchi Hirot shahridan 42 km shimoli-g‘arbda joylashgandi.
 
Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Birinchi zilziladan keyin 4,3 dan 6,3 ballgacha bo‘lgan yana bir necha silkinishlar sodir bo‘ldi. 

Hodisa oqibatida 2400 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.