Qozoğiston aholisi 20 millionga yetdi. Bu haqda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi. 

«Yurtdoşlarimni uşbu muhim voqea bilan tabriklayman! Baxtli oila – millat farovonligi, yurt barqaror taraqqiyotining poydevori. Davlat oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, onalik va bolalikni himoya qiliş borasidagi işlarni davom ettiradi», deb yozdi Töqayev. 

Respublika Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga köra, 2023 yil 14 noyabr kuni ertalab soat 8.10 da tuğilgan 5 nafar yangi tuğilgan çaqaloq mamlakatning 20 millioninçi aholisi böldi. 

Qozoğistonning yubiley fuqarolari Ulitov, Jyetisu, Atirov, Oqmöla va Turkiston viloyatlarida tuğilgan. Ularning 3 nafari öğil, 2 nafari qiz. 

1991 yilda Qozoğiston aholisi 16,4 million kişi edi. Mustaqillik yillarida mamlakat aholisi 22,3 foizga ösdi. 

Tuğilişning eng yuqori çöqqisi 2021 yilda qayd etildi: 446 ming bola. 

Aholining tabiiy ösişi ölimni, jumladan, çaqaloqlar ölimini kamaytiriş hisobiga ta’minlandi. 

2022 yilda örtaça umr köriş 1991 yilga nisbatan 6,8 yoşga, erkaklarda esa 7,7 yoşga, ayollarniki 6 yoşga oşdi.