«O‘zbek shaxmatining hozirgi avlodi barcha davrlardagidan kuchli» - jahon chempioni Vladimir Kramnik
III «Zakovat-Gambit» shaxmat turniriga bag‘ishlangan brifingda klassik shaxmat bo‘yicha jahon chempioni, grossmeyster Vladimir Kramnik o‘zbek shaxmatchilari bilan birinchi marta 1992 yilgi shaxmat olimpiadasida uchrashganini esladi.

«O‘sha musobaqada Rossiya birinchi o‘rinni, O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Bu hamma uchun kutilmagan holat bo‘lgandi. U yerda barcha kuchli jamoalar o‘ynashiga qaramasdan yaxshi natija ko‘rsatgan. Bu hamma uchun kutilmagan sovg‘a bo‘lgan. O‘zbekiston ajoyib shaxmat an’analariga ega davlat.
Menimcha, hozirgi avlod barcha davrlardagidan kuchli hisoblandi. Oxirgi shaxmat olimpiyasidagi muvaffaqiyatingiz tahsinga sazovor. Bu faqatgina shaxmat uchun emas, butun mamlakat uchun katta voqelik. Men o‘zbek shaxmati uchun, yigitlar uchun xursandman. Bu yana ham rivojlanish uchun muhim qadam. Yosh shaxmatchilarga bunday tajribalar kerak, mening o‘zim Anatoliy Karpov jahon chempioni bo‘lganidan ilhomlanib shaxmatga kirib kelganman», — dedi Vladimir Kramnik.
Jahon chempioni hozirgi avlod o‘zbek shaxmatchilari ancha yoshligi va hali bor salohiyatini ko‘rsatmaganini ta’kidlagan.
«Ishonchim komilki, shaxmatchilaringiz kuchli 10 talikda bo‘ladi. Hech bo‘lmasa, bir nafari jahon chempioni bo‘lishidan umidvorman.
Bu musobaqada ham 2-3 nafar yosh iqtidorlarni o‘zim uchun kashf qildim. Ishonchim komil, ulardan ham shaxmatchilar chiqadi.
O‘zbekistonga birinchi marta tashrif buyurishim. Yurtingizda yosh shaxmatchilar uchun juda yaxshi imkoniyatlar yaratib berilganiga guvoh bo‘ldim. Menda ajoyib taassurotlar qoldirdi», — dedi grossmeyster.
Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘zbek shaxmati dunyo miqyosida kuchli 5 talikdan joy oladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

22:13 / 24.04.2024
Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparov Rossiyada sirtdan hibsga olindi

23:47 / 01.04.2024
Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov dunyo reytingida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi

15:48 / 21.03.2024
Shavkat Mirziyoyev grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning yutuqlarini e’tirof etdi

22:25 / 06.03.2024