Ukrainlarning qishki pozitsiyalari va Liman yaqinidagi rus artilleriyachilari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 633-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy Rossiya Ukrainada hokimiyatni almashtirish bo‘yicha «Maydan-3» amaliyotiga tayyorlanayotgani haqida aytdi.
- Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel Yevromaydan boshlanganining o‘n yilligi munosabati bilan Kiyevga tashrif buyuradi, deb xabar bergan Politico.
- Ukraina prezidenti anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksenov, RF ombudsmeni Mariya Lvova-Belova hamda yana yuzga yaqin kishiga qarshi sanksiyalar qo‘lladi.
- U Falastin-Isroil urushi tufayli Ukrainaga artilleriya snaryadlari yetkazib berish hajmi qisqargani haqida aytdi.
- Ukraina qurolli kuchlari Dnipro daryosining chap sohilida 10 kvadrat kilometr hududni nazorat qilmoqda, deb ma’lum qilgan Urushlarni o‘rganish instituti tahlilchilari.
- Belgorod oblasti kun davomida 50 martaga yaqin o‘qqa tutildi, deb xabar qildi gubernator Vyacheslav Gladkov.
- Tunda Ukrainaga Shahed rusumli 38 ta dron hujum qilgan, Ukraina QK xabariga ko‘ra, shundan 29 tasini urib tushirishga muvaffaq bo‘lingan. Odessada infratuzilma obekti shikastlanishi tufayli ikki mingga yaqin uy xo‘jaligi elektrsiz qolgan.
- BBC News ma’lumotiga ko‘ra, keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon Ukrainaning qo‘shni mamlakatlar bilan chegaralarini 20 mingga yaqin kishi noqonuniy kesib o‘tgan.
Vuhledardagi hayot
Vuhledar — okkupatsiya ostidagi Donetsk shahridan 50 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. Uning uchun janglar Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinining ilk kunlaridayoq boshlangan. Bir yil o‘tib, 2023 yil fevralida Ukraina qurolli kuchlari Vuhledar yaqinida RF armiyasini «urush boshidan buyon eng yirik tanklar jangida» mag‘lub etgandi (ukrain harbiylari buni shunday baholagan). 2023 yil noyabr oyi boshida Rossiya qo‘shini Vuhledar yo‘nalishida yurish qilishga urinib ko‘rdi. Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina QK hujumlarni qaytargan va RF armiyasi «og‘ir mag‘lubiyat»ga uchragan. Rossiyaliklar shaharni o‘qqa tutishda davom etmoqda.
2022 yil 24 fevraliga qadar Vuhledarda 15 mingga yaqin kishi yashagan — 2023 yil yoziga kelib shahar aholisi yuz kishiga qadar qisqardi. Amalda barcha binolar shikastlangan yoki vayron qilingan, elektr va ichimlik suvi ta’minoti yo‘q.
Luhansk oblastidagi ukrain qo‘shini
Luhansk oblasti harbiy ma’muriyatining sobiq rahbari Sergey Gaydayga ko‘ra, bu regionda frontdagi vaziyat «ancha og‘ir», ammo ukrain qo‘shini uni «to‘liq nazorat qilmoqda». Gayday harbiylarning holatiga yomonlashayotgan ob-havo ham ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etgan: yomg‘irlar tufayli UQK texnikalari ayrim uchastkalarda harakatlana olmayapti va «dushman bundan foydalanmoqda». Shuningdek Gayday RF armiyasi «Korsar» dronlari va behisob FPV-dronlari hisobiga ustunlik qilayotganini ma’lum qilgan.
RF mudofaa vazirligi so‘nggi svodkalarida Luhansk oblastidagi jiddiy yutuqlar haqida xabar bermagan.
Quyida Ukraina qurolli kuchlarining Kreminna shahri yo‘nalishidagi pozitsiyalaridagi holat aks etgan.
Odessada Pushkinning bo‘yoq sepib ketilgan byusti
Donbassda ukrain harbiy shifokorlari
Liman yaqinidagi rossiyalik artilleriyachilar
Mavzuga oid
21:07 / 28.11.2024
Putin Ostonadagi chiqishida Zelenskiy ofisiga zarba berilishi mumkinligiga ishora qildi
18:30 / 28.11.2024
Tramp Ukraina bo‘yicha maxsus vakilini tanladi. U urushni qanday tugatishni taklif qiladi?
17:49 / 28.11.2024
Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlari «Oreshnik»ning navbatdagi nishoni bo‘lishi mumkin - Putin
10:18 / 28.11.2024