Argentinada öng qanot «Ozodlik kelyapt» alyansi bir qismi bölgan Libertarlar partiyasiga rahbarlik qiluvçi Xaver Miley prezidentlik saylovlarida ğalaba qozondi. Dastlabki natijalarga köra, u 56 foizga yaqin ovoz töplagan. 20 noyabr, duşanbaga ötar keçasi Mileyni saylovlardagi ğalabasi bilan uning raqibi, «Vatan uçun ittifoq» hukmron koalitsiyasidan nomzod bölgan Argentina iqtisodiyot vaziri Serxio Massa hamda bir qator Lotin Amerikasi davlatlari yetakçilari tabrikladi.
«Men Xaver Miley bilan boğlanib, uni tabrikladim va omad tiladim, çunki u argentinaliklarning köpçiligi keyingi tört yilga tanlagan prezident», - dedi Serxio Massa ovoz berişning rasmiy natijalari e’lon qilinişidan oldin.
Mileyni sobiq va amaldagi davlat rahbarlari tabrikladi
Ayni paytda, Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva X ijtimoiy tarmoği orqali Argentina yangi hukumatiga Miley ismini tilga olmay, «omad va muvaffaqiyat» tiladi. «Braziliya argentinalik birodarlarimiz bilan hamkorlik qiliş uçun doimo tayyor böladi», deya qöşimça qildi prezident.
Çili prezidenti Gabriel Boriç Font ham X ijtimoiy tarmoğida Mileyga tabriklarni yetkazdi. Ammo Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Argentinadagi prezidentlik saylovlarida öng qanot nomzodi ğalabasidan hafsalasi pir bölganini bildirib, buni «Lotin Amerikasi uçun qayğuli voqea» deb atadi.
«Neoliberalizm endi jamiyatga heç narsa taklif qila olmaydi, u insoniyatning dolzarb muammolariga javob bera olmaydi», deb yozgan Petro X ijtimoiy tarmoğida.
Ayni paytda, AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida Miley bilan «juda faxrlanişini» aytdi. 2024 yilda AQŞ prezidentligi uçun yana kuraşmoqçi bölgan respublikaçi: «Siz öz mamlakatingizni rivojlantirasiz va Argentinani yana buyuk qilasiz», deb yozgan.
Xaver Miley nimalarni va’da qildi?
Argentina yangi prezidenti Xaver Miley mamlakatning BRICS guruhiga a’zoligini qöllab-quvvatlamaydi, davlatning fuqarolar hayotiga minimal aralaşuvini yoqlaydi, Markaziy bankni tugatmoqçi va milliy valutani dollarga almaştirişni taklif qilyapti. Saylovoldi kampaniyasi davomida u Rossiya, Xitoy va Braziliyaning «kommunistik» hukumatlari bilan aloqalarni uziş rejasini ham e’lon qildi.
Iqtisodiy muammolarni hal qiliş uçun zanjirli arrani öziga timsol sifatida tanlagan nomzod budjet xarajatlarini jiddiy qisqartirmoqçi.












