Bloger hamda Adliya vazirining maslahatçisi Şahnoza Soatova hali gödak bölgan farzandi bilan yolğiz yaşaydigan olima ayolga tunda çaqirilgan tez yordam şifokori jinsiy zöravonlik qilgani haqida yozdi. Ta’kidlaşiça, ayol tobi qoçgani sababli “Tez yordam” çaqirgan va imkon qadar ayol şifokor jönatişlarini söragan. 

“Bir juda yomon voqea haqida murojaat böldi. Murojaatçi özim şaxsan taniydigan ayol, universitetda dars beradi, xorijiy tillar böyiça PhD qilmoqçi, olima. Yolğiz ona, öğlini özi katta qilyapti. Öğli hali gödak.

Şu payşanba — 16 noyabrga ötar keçasi tobi qoçgan va “Tez yordam” çaqirgan. Yolğiz özi yoş bolasi bilan yaşagani va keçqurun bölgani uçun iloji bölsa ayol şifokor söragan. Lekin ikki soatda ham ayol şifokor topilmagani uçun tungi soat 00:15da erkak şifokor bir özi kirib kelgan. Uçta şpritsda ukol qilgan. Oxirgisini qilayotgan paytdayoq ayol özini ğalati his qila boşlagan. “Miyam birdan mast odamnikiday garang bölib qoldi, osmonga uçayotgandek böldim. Es-huşim joyida, lekin oyoq-qölim böşaşib özimga böysunmay qoldi”, dedi.

Xullas, “Tez yordam” şifokori ayolning ojizligidan foydalanib, unga nojöya qiliqlar qilgan, qöli bilan jinsiy zörlagan. Yana köproq işlar qilmoqçi bölgan-u, ayol holi boriça qarşilik qilavergaç, nihoyat ketgan.

Ayol ertasi keçgaça xayoli özida bölmagan, keçga borib nima bölganini anglab, bong ura boşlagan. Lekin “102”ga qönğiroq qilingaç kelgan uçastka noziri yetarli tezkorlik körsatmagan, ayolga “baribir isbotlaşingiz qiyin”, deb murojaatidan voz keçişga undagan. Ayol qat’iyat körsatgaç, sudmedekspertizaga yöllanma bergan. Bu juma kuni keçqurungi gap.

Ayol sudmedekspertizaga borgan, iş kuni tugab qolgani uçun işi bitmagan. Ertasi şanba ham şu ahvol. Sudmedekspertiza, narkologiyaga borib vaqti zoye ketgan (qiziq, ular haftada 5 kun soat 4 gaça işlasa, boşqa vaqtlarda qilingan jinoyat izlari duşanbagaça kutib ötiradimi?). “Uçastkovoy” esa hamon “baribir isbotlay olmaysiz” pozitsiyasida şekilli, yetarli harakat qilmay, aksinça, arizani qaytarib oliş haqida gap oçyapti nuqul. “Tez yordam” qoldirib ketgan şpritslardagi modda qoldiqlarini ham heç kim e’tiborga olmayapti. Portalga qilingan qönğiroqlar, murojaatlar oxirigaça eşitilmay qöyib qöyilyapti. Ayol işonmayapti adolatga, lekin uni topmoqçi, şundan juda jonsarak.

Ayolning ahvoli juda yomon, ham öşa “şifokor”ning iflos işidan xörlangan, ham bu sustkaşlik va eşikma eşik töpdek tepilişlardan çarçagan.

Özi jinsiy jinoyatlar köpda oçilmay qolişi va davom etaverişining sababi ham şuki, qurbonga juda qiyin böladi nimanidir isbotlaş va ayni paytda bu xörlik va sarsonliklarga çidaş”, deya ta’kidlagan Şahnoza Soatova.