Armaniston Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotidan Yerevanga yordam körsatiş haqidagi hujjatni 23 noyabr kuni Minskda ötkazilişi rejalaştirilgan KXŞT sammiti kun tartibidan olib taşlaşni söradi. Bu haqda 20 noyabr, duşanba kuni Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko bilan suhbatda taşkilot boş kotibi Imangali Tasmagambetov ma’lum qildi. «Armaniston tomoni, garçi boşqa barça ittifoqçilar bu qarorni qöllab-quvvatlagan bölsa-da, bu hujjatga heç qanday qiziqiş bildirmadi, bundan taşqari, işimizning yakuniy qismida uni kun tartibidan butunlay olib taşlaşni söradi», — dedi Tasmagambetov. Aprel oyida KXŞT kotibiyati bitim loyihasida, jumladan, Armaniston va Ozarboyjon çegarasiga kuzatuvçilar missiyasini yuboriş hamda «boşqa şartlar» kiritilganini aytdi, ammo ular orasida harbiy-texnik yordam bor-yöqligiga aniqlik kiritişdan boş tortdi.
Paşinyan KXŞT sammitini ötkazib yuboradi
Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan 14 noyabr kuni Aleksandr Lukaşenko bilan telefon orqali suhbatda KXŞT Minsk sammitida qatnaşa olmasligi haqida ma’lum qilgan, biroq uning taşkilotdagi hamkasblari bu qarorga tuşuniş bilan munosabatda bölişiga umid bildirgan.
Kreml Paşinyanning qaroridan afsusda ekanligini bildirdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday uçraşuvlar «fikr almaşiş va kun tartibidagi masalalar böyiça pozitsiyani soliştiriş uçun yaxşi imkoniyat» ekanini ta’kidladi.
Armaniston va KXŞT örtasidagi inqiroz
2023 yil yanvarida Armaniston öz hududida KXŞT öquv maşğulotlarini ötkazişdan boş tortdi, iyulda esa uşbu taşkilot qutqaruv xizmatlarining Belarusdagi maşğulotlarida qatnaşmaslikka qaror qildi. 2023 yil may oyida Nikol Paşinyan Armaniston KXŞTdan çiqib ketişi mumkinligini istisno etmadi, vaholanki, noyabr örtalarida Yerevan taşkilotdan çiqişga tayyor emasligini aytgan edi.
2023 yil sentabrida Toğli Qoraboğda harbiy harakatlar yakunlanganidan keyin Paşinyan Armaniston iştirok etayotgan tuzilmalarni samarasiz deb atadi.












