Guterrişga köra, Ğazoda AQŞ va arab davlatlari iştirokida “ötiş davri” bölişi va bu davrda “ikki davlat” formulasini amalga oşirişga intiliş kerak.

Isroilning HAMAS bilan hozirgi uruşi tugaganidan keyin Ğazo sektori ustidan Falastin muxtoriyatining nazoratini kuçaytiriş kerak, degan BMT boş kotibi duşanba kuni jurnalistlar qarşisidagi çiqişida.

Şu bilan birga, Guterrişga köra, Mahmud Abbos boşçiligidagi Falastin ma’muriyati rahbariyati Ğazoni Isroil tanklari bilan boşqara olmaydi. Şu sababli xalqaro hamjamiyat ötiş davri haqida boş qotirişi zarur, degan u.

Bu ötiş davrida, boş kotibning fikriça, Ğazo va uning atrofidagi vaziyatni barqarorlaştiriş maqsadidagi sa’y-harakatlarda köplab manfaatdor tomonlar: AQŞ – Isroil uçun xavfsizlik kafolatçisi sifatida va arab davlatlari – falastinliklarning ittifoqçilari sifatida iştirok etişi kerak böladi.

“BMT protektoratini örnatiş yeçim böladi deb öylamayman”, – degan Antoniu Guterriş.