20 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida içimlik suvi, qişloq xöjaligi va soğliqni saqlaş sohalarida xalqaro moliya institutlari iştirokida amalga oşirilayotgan loyihalar ijrosi körib çiqildi.
Sönggi yillarda xalqaro moliya institutlari kömagida amalga oşirilayotgan loyihalarning soni ham, kölami ham kengayib bormoqda. Xususan, oxirgi 7 yilda şunday institutlar mablağlari hisobidan 16 milliard dollar özlaştirildi. 103 ta loyiha işga tuşirildi.
Bularning natijasida 5 millionga yaqin aholining kundalik hayoti yaxşilanişiga ta’sir qilgan 9 mingta ijtimoiy va infratuzilma inşootlari qurildi va ta’mirlandi. 38 ta yangi yirik sanoat quvvati işga tuşirilib, 6,5 mingta yuqori daromadli iş örni yaratildi.
Şu bilan birga, xorijiy investitsiyalar hisobiga, sohalarga yangi texnologiyalar, zamonaviy yondaşuvlar ham kirib kelyapti.
Lekin, hamma tarmoqda ham natijadorlik birdek emas. Masalan, Qişloq xöjaligi vazirligi tizimida joriy yilda 238 million dollar xalqaro moliya institutlari mablağlari özlaştirilişi kutilmoqda. Bu möljaldan ança kam.
Umuman, sönggi yillarda sohaga 2,4 milliard dollar jalb qilinib, şundan 1,3 milliard dollari özlaştirilgan. Lekin keçikkan loyihalar ham bor. Misol uçun, Andijon, Samarqand va Toşkent viloyatlarida agrologistika markazlari taşkil etiş keçikmoqda.
Soğliqni saqlaş vazirligida 877 million dollarlik 11 ta loyiha mavjud. Ularning aksariyati amalga oşirilmoqda. Lekin nefrologiya va urologiya muassasalarini jihozlaş, poytaxtimizning Yaşnobod tumanida kattalar uçun köp tarmoqli tibbiyot markazi quriş, milliy referens laboratoriyasi taşkil qiliş loyihalari böyiça investitsiya özlaştiriş boşlanmagan.
“Özsuvta’minot” tarmoğida qiymati 2,1 milliard dollarlik 22 ta loyiha amalga oşirilmoqda. Şundan 8 ta loyihaning öz vaqtida işga tuşmasligi ehtimoli bor.
Bu köp hollarda loyiha guruhlari faoliyati bilan boğliq ekani körsatib ötildi.
Davlat rahbari loyihalar bajarilişida vazirlarning mas’uliyatini oşiriş, har birini xalqaro ekspertlar iştirokida muhokama qilib boriş hamda mablağlarni samarali işlatiş böyiça körsatmalar berdi.
Mutasaddilar yil yakunigaça va 2024 yilda işlarni jadallaştirib, keçikişlarni bartaraf etiş, loyihalarni sifatli bajarib, natijasini ta’minlaş böyiça axborot berdi.

















