Ukrainada urushning 636-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar

  • Volodimir Zelenskiy Pentagon rahbari bilan muzokaralardan keyin Vashington Ukraina qurolli kuchlariga yangi harbiy yordam paketi ajratganini aytdi. Uning hajmi hozircha noma’lum.
  • Ukraina va Rossiya jasadlar almashinuvini amalga oshirdi. Kiyevga 94 nafar harbiy xizmatchining jasadi qaytarilgan. Moskvaga qancha jasad yuborilgani — noma’lum.
  • Germaniya Ukrainaga 1,3 milliard yevro miqdoridagi yangi harbiy yordam paketi ajratilganini e’lon qildi.
  • Yaroslavlda to‘rt o‘smirning ritual marosimda o‘ldirilishida ayblanib qamalgan Nikolay Ogolobyak Ukraina bilan urushdagi ishtiroki uchun afv etilgani ma’lum bo‘ldi.
  • «DXR»da sud ukrainalik harbiy Oleksandr Svinarchukni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Tergov versiyasiga ko‘ra, uning buyrug‘i bilan Mariupolda tinch aholi vakillari bo‘lgan 21 kishi o‘ldirilgan.
  • ABC News xabariga ko‘ra, AQSh Ukrainaga yetkazib berilayotgan snaryadlar hajmini 30 foizdan ko‘proq miqdorda qisqartirgan.

Maydanning o‘n yilligida «Samoviy yuzlik» yodgorligi

2013 yil 21 noyabr kuni kiyevliklar shahar markaziga yig‘ilgandi, bunga Ukraina hukumati Yevroittifoq bilan assotsiatsiya bo‘lish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashga tayyorgarlikni to‘xtatishga qaror qilgani sabab bo‘lgandi. Bu qarorni Ukrainaning o‘sha vaqtdagi prezidenti Viktor Yanukovich qo‘llab-quvvatlaydi. Yevromaydan (Ukrainada buni «revolyutsіya gіdnostі», ya’ni «qadr-qimmat inqilobi») shunday boshlangandi. 

YeI bilan assotsiatsiya tarafdorlari va unga qarshilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 104 namoyishchi va huquq-tartibot organlarining 17 xodimi halok bo‘ladi, Yanukovich Rossiyaga qochib ketadi, Ukrainada esa navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tadi— va yevrointegratsiya tarafdorlari hokimiyatga kelishadi. Hokimiyat almashinuvidan bir necha hafta o‘tib Rossiya Qrimni anneksiya qiladi, keyin esa Donbassga bostirib kiradi.

Kiyevda 2023 yil 21 noyabr kuni Qadr-qimmat va erkinlik kuni nishonlandi. Prezident Volodimir Zelenskiy ukrainlarga shunday murojaat qildi:

O‘n yil muqaddam ukrainlar o‘zlarining ilk qarshi hujumini amalga oshirgandi. Qonunsizlikka, bizni Yevropa kelajagidan mahrum etishga urinishga qarshi. Erksizligimizga qarshi. O‘n yil oldin odamlar nafaqat biror narsaga qarshi, balki birinchi navbatda o‘zlari uchun birlashishdi. Har kim har kim uchun.