Şimoliy Makedoniya öz hududida ukrainalik harbiy xizmatçilarning birinçi guruhini maxfiy tayyorgarlikdan ötkazişni yakunladi, dedi mamlakat mudofaa vaziri Slavyanka Petrovskaya 21 noyabr kuni «Makedoniya televideniyesi» milliy telekanaliga bergan intervyusida. Uning tuşuntirişiça, respublika hukumati xavfsizlik nuqtayi nazaridan ukrainaliklarning tayyorgarligi haqida xabar bermagan. Maşğulotlar «Şimoliy Makedoniya Respublikasi armiyasi obektlarida» bölib ötdi, bu haqda hukumat qaror qabul qildi, deb yozadi Balkan Insight.

Şimoliy Makedoniya 2024 yil davomida ukrainalik askarlarni tayyorlaşda davom etadi va «zarur bölgunga qadar kuzatiladi», deya ta’kidladi mudofaa vaziri. U Ukraina harbiylari qanday tayyorgarlikdan ötgani va Ukraina Qurolli kuçlarining qança askar va ofitserlari öqitilganini aytmadi. 

Şimoliy Makedoniyadan Ukrainaga yordam 

2020 yilda NATOga qöşilgan Şimoliy Makedoniya Ruminiyadan keyin öz hududida ukrainalik askarlarni tayyorlaş uçun bazalar taklif qilgan ikkinçi Bolqon davlati böldi, deya qayd etadi Balkan Insight. 

Uruş boşlanganidan beri Şimoliy Makedoniya Kiyevga önta harbiy yordam partiyasini jönatdi, jumladan, 30 ga yaqin tank, 12 ta hujumkor vertolyot va törtta qiruvçi samolyot yuborildi.