FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun, 24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan soat 16:38 da zilzila sodir bo‘ldi.
Episentr: Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani. Zilzila koordinatalari: 37,56 gradus shimoliy kenglik; 67,87 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=3,8. Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 428 km janubi-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 37 km.
Bundan oldin O‘zbekistonda bir kunda besh marta yer qimirlagani xabar qilingandi.
23 noyabr kuni Surxondaryo viloyatida 4 marta va Samarqand viloyatida bir marta zilzila kuzatildi.









