“Respublikada yaşillik darajasini yanada oşiriş, “Yaşil makon” umummilliy loyihasini izçil amalga oşiriş orqali ekologik barqarorlikni ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
“Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida eksperiment tariqasida Toşkent şahri hududidagi daraxtlarni raqamlaştiriş orqali ularning pasporti yaratiladi.
Daraxtlarni pasportlaştiriş quyidagi bosqiçlarda amalga oşiriladi:
- 1-bosqiç (2024 yil 1 martgaça) – mavjud daraxtlar töliq xatlovdan ötkaziladi (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno);
- 2-bosqiç (2024 yil 1 noyabrgaça) – xatlov natijasiga köra aniqlangan daraxtlarning turi, yoşi, böyi, holati va joylaşuv koordinatasini aks ettiruvçi ma’lumotlar bazasi şakllantiriladi;
- 3-bosqiç (2024 yil 31 dekabrgaça) – ma’lumotlar bazasi asosida “Yaşil makon” elektron platformasida har bir daraxtga pasport şakllantiriladi va ID raqam beriladi.
Eksperiment yakunlaridan kelib çiqib, respublikaning boşqa hududlarida ham daraxtlar pasportini joriy qiliş nazarda tutilgan.
2024–2028 yillarda Orolböyi mintaqasini barqaror rivojlantiriş, innovatsiyalar va yaşil texnologiyalarni keng joriy etiş böyiça milliy dastur tasdiqlandi.
2024 yil 1 martdan:
- yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bölgan bino va inşootlar, agar ularga tutaş hududlardagi yerlarning kamida 25 foizi kökalamzorlaştiriş maydonlariga ajratilmagan va ularda kökalamzorlaştiriş tadbirlari amalga oşirilmagan taqdirda, davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinmaydi;
- atrof-muhitga ta’sir körsatişning I va II toifalariga kiruvçi sanoat korxonalari loyiha hujjatlari böyiça beriladigan davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida öz va tutaş hududlarida “yaşil belboğ”lar barpo etiş va kökalamzorlaştiriş tadbirlarini amalga oşiriş majburiy bölgan talab etib belgilanadi.
Quyidagilar taşkil etiladi:
- Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qiliş texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida Ösimlik va hayvonot dunyosi genofondi masalalari laboratoriyasi;

















