«Dunyo» xabariga köra, marosim doirasida bölib ötgan suhbat çoğida ikki tomonlama hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi. Rafael Grossi AEXA Özbekistonga atom energetikasini rivojlantiriş, yadro fani va texnologiyalaridan xavfsiz foydalanişda bundan buyon ham yordam berişga tayyorligini ta’kidladi.

U, şuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning faol dinamikasini yuqori baholadi va AEXA bölinmalarining Özbekiston taşkilotlari bilan özaro hamkorligidan yaxşi xabardor ekanini bildirdi.

Boş direktor Özbekistonning Markaziy Osiyodagi alohida örnini qayd etiş barobarida, AEXAning «Umid nurlari» taşabbusi doirasida respublikada onkologik yordam körsatiş imkoniyatlarini yaxşilaşga qaratilgan loyihalarni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini qayd etdi.

Rafael Grossi AEXA Özbekistonning kadrlar salohiyatini oşiriş va qöşma tadbirlar ötkazişga kömaklaşiş orqali hamkorlikni kengaytirişga tayyorligini ham bildirdi.

Avvalroq elçi Baxtiyor Ibragimov Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga işonç yorliqlarini topşirdi, şuningdek, u ştab-kvartirasi Vena şahrida joylaşgan Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlaş töğrisidagi şartnoma taşkiloti hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) huzuridagi Özbekistonning doimiy vakili sifatida rasman akkreditatsiyadan ötdi.