Jamoalar JÇ-2023ga qanday yöl olgandi?
Jaloliddin Rahmatullayev murabbiyligidagi ösmirlarimiz yozda Tailandda ötgan Osiyo kubogi U17 bahslarida muvaffaqiyatli iştirok etib, JÇ-2023ga yöllanma olgandi. Özbekiston D guruhida Yaponiya bilan 7 oçkodan jamğarib, çorakfinalda Saudiya Arabistonini mağlub (2:0) etgan holda jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritgandi. Vakillarimiz yarimfinalda koreyslarga yutqazgan (0:1) bölsa, Yaponiya finalda Janubiy Koreyani mağlub (3:0) etib, turnirga Osiyo çempioni sifatida borgandi. Hozirga kelib esa Osiyoda ötayotgan turnirda osiyoliklardan faqat Özbekiston qoldi.

Jan Lyuk Vannuki qöl ostidagi Fransiya ösmirlar jamoasi esa JÇ-2023ga Yevropa vitse-çempioni sifatida kelgan. Fransuzlar yozda ötgan U17 Yevropa çempionati yarimfinalida Ispaniyani 3:1 hisobida mağlub etgan bölsa, finalda Germaniya bilan 0:0 hisobni qayd etgan va penaltilar seriyasida mağlub (4:5) bölib, qit’a çempionligini qölga kirita olmagandi.
Çorakfinalgaça bosilgan yöl
Özbekiston ösmirlar jamoasi jahon çempionatini Malidan uçralgan yirik mağlubiyat (0:3) bilan boşlagaç, Jamoliddin Rahmatullayev şogirdlarining turnirga «sayyoh» sifatida kelgani haqida gapirganlar köp böldi. Ammo ular 2-turda Kanada ustidan yirik hisobda zafar quçgaç (3:0), ösmirlarimizning öz kuçiga bölgan işonçi oşdi. 3-turda esa Ispaniya bilan tengma-teng kuraşda jangovar durang qayd etilgaç, pley-off yöllanmasi qölga kiritildi. Nimçorakfinalda barça Angliyani favorit sifatida körsatgan bölsa-da, Özbekiston futbol vatani bölgan mamlakatni uyiga ravona (2:1) qilib, Fransiyaga qarşi öynaydigan böldi.

Kelajak yulduzlari fabrikasi sifatida e’tirof etiladigan Fransiya U17 jamoasi esa guruh bosqiçida Burkina-Faso (3:0), Janubiy Koreya (1:0), AQŞ (3:0) ösmirlarini mağlub etib, pley-offga yuz foizlik natija bilan çiqdi. Nimçorakfinalda esa Senegal ustidan penaltilar seriyasida (0:0, 5:3) ustun kelib, Özbekistonga qarşi öynaydigan böldi. Fransiya bu turnirda hali darvozasidan gol ötkazib yubormagan yagona jamoa bölib turibdi.
FIFA öz xatosini xaspöşlab, Fransiyani ayadi
Özbekistonga qarşi öyin oldidan Fransiya JÇ-2023dagi asosiy mojaro iştirokçisi bölib qoldi. Senegal 1/8 finalda penaltilar seriyasida mağlubiyatga uçrab, turnirni tark etgan bölsa-da, Fransiyaning ham çorakfinalda öynaşiga qarşi çiqib, fransuzlar hujumçisi Yannis Issufuning JÇ-2023 Afrika saralaş bahsi doirasida Niger ösmirlar jamoasi safida maydonga tuşganini FIFA reglamentining qöpol tarzda buzilişi deya şikoyat yozdi. Sababi FIFA qoidalariga köra, futbolçining bir turnirda ikki jamoa safida öynaşi qat’iyan man etilgan. Şundan kelib çiqilsa, FIFA reglamentiga binoan Fransiya turnirdan diskvalifikatsiya qilinişi lozim edi. Şu bilan birga bu – Yannisni turnir «zayavka»sidan ötkazgan FIFAning ham yöl qöygan xatosi edi.















