Ukrainadagi urushning 641-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF mudofaa vazirligi Moskva, Tula, Kaluga, Bryansk va Smolensk oblastlari hududlarida 24 ta uchuvchisi uchar qurilmalar urib tushirilgani haqida xabar berdi. Tulada dronlardan biri turarjoyga kelib urilgan: tinch aholi vakillaridan bir kishi yengil yaralangan.
- Ukraina QK havo kuchlari qo‘mondonligi RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab to‘qqizta kamikadze dron uchirgani, shundan sakkiztasi urib tushirilganini ma’lum qilgan. To‘qqizinchi dron qandaydir zarar yetkazgani bo‘yicha aniqlik kiritilmagan.
- Anneksiya qilingan DXRning bir qismi Ukraina QKning mahalliy energiya tizimiga tunda amalga oshirilgan hujumlari oqibatida ta’minotsiz qolgan, deb xabar berdi regionning Moskva tomonidan tayinlangan rahbari Denis Pushilin.
Kupyanskni qor qopladi
Xarkiv oblastidagi Kupyansk shahrini Rossiya qo‘shinlari 2022 yil 27 fevralda bosib olgandi. Bu yerda yirik temiryo‘l tuguni joylashgan, shu tufayli u Rossiya uchun strategik ahamiyatga egadir: RF armiyasi ushbu shahar orqali jangovar bo‘linmalari va harbiy texnikalarini Ukraina hududiga olib o‘tardi.
Ukraina QK Kupyanskni 2022 yil sentabridagi qarshi hujum davomida qaytarib oladi. Hozirda Rossiya armiyasi ushbu yo‘nalishda yana hujum qilmoqda — va shaharni muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda. 2023 yil apreliga kelib, mahalliy rasmiylarga ko‘ra, Kupyanskda besh mingga yaqin kishi qolgandi (2020 yilda bu yerda 20,5 ming kishi istiqomat qilgan).

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press























