BBC’ning xavfsizlik masalalari böyiça şarhlovçisi Frenk Gardner HAMASdagi ikkinçi raqamli şaxs — Yahyo Sinvarning tarixini hikoya qildi.

Soçlari qordek oqargan va qoşlari tim qora bölgan Sinvar — HAMASning Ğazodagi siyosiy qanoti rahbari va isroilliklar tomonidan eng köp qidirilayotgan odamlardan biri hisoblanadi.

HAMASning boşqa yetakçilari qatori Isroil uni ham 7 oktyabr kuni amalga oşirilgan, 1200 dan ortiq kişi öldirilib, 200 dan oşiq kişi öğirlab ketilgan reyd uçun javobgar deb biladi.

«Yahyo Sinvar — komandir… va ölimga mahkum odam», — degandi oktyabr oyi boşida Isroil mudofaa armiyasi rasmiysi, kontr-admiral Daniel Hagari.

«Bu jirkanç hujumni amalga oşiriş qarorini Yahyo Sinvar qabul qilgan, — degan TsAHAL ştabi boşliği Gersi Halevi. — Şuning uçun u va uning qöl ostidagilar — özini ölgan deb hisoblayversin».

Bu gaplar HAMASning harbiy qanoti — «Al-Qassam» brigadasining qölga tuşmas rahbari Muhammad Deyfga ham tegişli.

Yevropa xalqaro munosabatlar kengaşi (ECFR) katta ilmiy xodimi Hyu Lovattning hisoblaşiça, 7 oktyabr kungi hujum rejasi, bu harbiy amaliyot bölgani uçun, Deyf tomonidan işlab çiqilgan, ammo Sinvar ham, katta ehtimol bilan uni rejalaştirgan va uning ötkazilişiga ta’sir qilgan guruh tarkibida bölgan.

Isroil HAMASda asosiy rahbar Ismoil Xoniyadan keyingi ikkinçi odam hisoblangan Sinvar öz qöriqçilari bilan Ğazo yaqinidagi qayerdadir tunnellarda yaşirinib yuribdi, kuzatilişi va topilişidan qörqib heç kim bilan aloqa qilmayapti, deb hisoblaydi.

Ta’lim va hibslar

Abu Ibrohim nomi bilan tanilgan 61 yoşli Sinvar Ğazo sektori janubidagi Xon Yunisda qoçqinlar lagerida tuğilgan. Uning ota-onasi Aşkelondan (hozirda Isroil hududi) bölgan, ammo «Nakba» («Falokatlar»)dan keyin qoçqinga aylanişgan — falastinliklar 1948 yil Isroil davlatiga asos solinganidan keyin boşlangan uruş vaqtida falastinliklar yoppasiga öz uylaridan köçirilişini şunday ataşadi.

U Xon Yunisda öğil bolalar uçun örta maktabda öqigan, keyin Ğazo islom universitetini arab tili böyiça bakalavr darajasida tamomlagan.

Vaşington Yaqin Şarq siyosati instituti xodimi, Sinvar qamoqxonadaligida u bilan tört bor suhbatlaşgan Exud Yaarining sözlariga köra, öşa vaqtda Xon Yunis «Musulmon birodarlari»ni qöllab-quvvatlovçi qörğon vazifasin ötagan.