«A» guruhida «Paxtakor» BAAda peshqadam «Al-Ayn» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda mezbonlar hisobni ochgan bo‘lsa, toshkentliklar ikkinchi bo‘limda o‘yinda burilish yasay olishdi. Hojimat Erkinov dublga erishgan bo‘lsa, Dragan Cheran uchinchi golga mualliflik qilib, «Paxtakor»ning kambekini ta’minlashdi – 3:1.
Guruhdagi parallel o‘yinda «Al-Fayha» «Axal»dan ustun keldi – 3:1.
Shu tariqa, keyingi bosqichga yo‘llanma olishga ulgurgan «Al Ayn» (12 ochko) dastlabki mag‘lubiyatini tan olgan bo‘lsa, «Paxtakor» 7 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. «Al-Fayha»da 6, «Ahal»da 4 ochko bor. «Paxtakor» so‘nggi 6-turda 5 dekabr kuni «Al-Fayha»ni qabul qiladi.
OChL. 5-tur. A guruhi.
«Al Ayn» - «Paxtakor» - 1:3 (1:0)
Hakam: Adham Mahadmeh (Iordaniya)
Gollar: Eysa Halfan 18 – Hojimat Erkinov 54, 62, Dragan Cheran 78.
«Al Ayn»: Muhammad Bu Sanda, 4. Muhammad Ali Shokir, 8. Muhammad Al-Balushi, 10. Alexandro Romero, 11. Bandar Al-Ahbobi, 27. Sulton al-Shamsi (20. Matias Palasios, 62), 40. Holid Ali Al-Balushi, 42. Jonatas Santos, 66. Mansur Said (16. Holid Al-Hoshimi, 62), 70. Alen Traore, 90. Eysa Halfan (99. Josna Loulendo, 66).
«Paxtakor»: 36. Pavel Pavlyuchenko, 88. Shahod Azmiddinov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 34. Farruh Sayfiyev, 77. Dilshod Saitov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 28. Diyor Xolmatov, 2. Behruzbek Asqarov, 8. Azizbek Turg‘unboyev, 20. Hojimat Erkinov, 10. Dragan Cheran.
«Al-Fayha» (Saudiya Arabistoni) - «Ahal» (Turkmaniston) – 3:1.
A guruhidagi vaziyat:

Osiyo Chempionlar ligasi 5-turi D guruhi doirasida ham ikki uchrashuv yakuniga yetdi.
Markaziy o‘yinda guruh peshqadamlari «Navbahor» va «Al-Hilol» Namanganda o‘zaro maydonga tushdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Salim Ad-Dovsari penaltidan foydalana olmagan bo‘lsa-da, 68-daqiqada qatarlik bosh hakam ikkinchi marta O‘tkir Yusupov darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Bu safar Salimning zarbasini Yusupov qaytargan bo‘lsa, qaytgan to‘pni zaxiradan tushgan Malkom golga aylantirdi – 1:0.
85-daqiqada esa Salim Dovsarining o‘zi Yusupov darvozasiga chiroyli gol kiritib, o‘yin masalasini hal qildi – 2:0.










