MTRK olgan 22,5 mln yevro kredit davlat budjetidan qoplanadi
Milliy teleradiokompaniyaga zamonaviy uskunalar sotib olish uchun 10 yillik muddatga 22,5 million yevro kredit ajratilgan. Shartnoma shartlarida qarz MTRK va davlat tomonidan teng ulushlarda -11,25 mln yevrodan to‘lanishi kerak bo‘lgan. Prezident qarori bilan kredit muddati 10 yildan 13 yilgacha uzaytirilib, davlat budjetining qarzni qaytarishdagi ulushi 21,1 mln yevrogacha oshirildi.
“O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolandi.
2016-2017 yillarda teleradiokompaniyani raqamli eshittirish formatiga o‘tish uchun zamonaviy multimedia uskunalari bilan jihozlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan nol foizli stavkada, 2 yillik imtiyozli davr bilan 22,5 million yevro kredit ajratilgan.
Gazeta.uz’ning hujjatga tayanib yozishicha, dastlab 22,5 mln yevro miqdoridagi kredit MTRK va davlat tomonidan teng ulushlarda — har biri 11,25 mln yevrodan to‘lanishi rejalashtirilgandi. Ammo bu yillar davomida korxona kredit uchun umuman pul to‘lamagan va har olti oyda budjetdan 661,76 ming dollar ajratilgan. Endi budjet mablag‘lari hajmi yilning birinchi yarmida 1,03 mln yevrogacha oshadi, MTRK esa 2024 yilning ikkinchi yarmidan boshlab 200 ming yevro, keyin esa 100 ming dollardan to‘laydi — 2030 yil oxirigacha jami 1,4 million yevro. Shu tariqa, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ssuda uchun davlat budjetidan 21,1 million yevro (qarzning 93,7 foizi) ajratiladi, bu rejadagidan qariyb 10 million yevroga ko‘p.
Ma’lumot uchun, 2024 yilda MTRKga davlat budjetidan 560 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Bu miqdor 2023 yil uchun 556 mlrd so‘mni, 2022 yil uchun 463 mlrd so‘mni, 2021 yil uchun 427 mlrd so‘mni, 2020 yil uchun esa 399 milliard so‘mni tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
21:32 / 20.01.2025
230 ta tug‘ruqxona uchun 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi
20:32 / 20.01.2025
Prezident barcha idoralarda moliyaviy intizom va tejamkorlikka qat’iy amal qilishga chaqirdi
18:04 / 07.01.2025
Poytaxt budjeti tasdiqlandi – asosiy ko‘rsatkichlar
18:05 / 03.01.2025