Qozoğistonning sobiq prezidenti yaqinda sotuvga çiqadigan «Mening hayotim» nomli xotiralar kitobini yozdi. Unda Nursulton Nazarboyev birinçi marta ikkinçi rafiqasi Asel Isabayeva va undan tuğilgan öğillari haqida ma’lumot berdi. 

Naşrning birinçi nusxalari allaqaçon siyosatçilar, ekspertlar va jurnalistlarga yuborilgan. Nazarboyevning xotiralari birinçi prezident hayotining ham siyosiy, ham şaxsiy tomoniga bağişlangan. 

Kitobda Nazarboyev ilk bor ikkinçi oilasi, rafiqasi Asel Isabayeva va ikki öğli haqida yozadi. Uning ta’kidlaşiça, birinçi marta Aselni Toldiqörğon aeroportida körib qolgan. 

«Davlat rahbarining hududlarga amaliy taşrifi çoğida samolyot zinapoyasida gullar bilan kutib olinadi. Ma’lumki, bunday marosimda iştirok etiş uçun eng gözal mahalliy qizlar tanlab olinadi. Biz uzoq vaqtdan beri örganib qolgan çiroyli marosim. Aeroportda menga gul sovğa qilgan qiz hayratlanarli darajada gözal edi. Men oçiq yuzli, yonib turgan nigohli va ajoyib qomatga ega qizni uzoq vaqt hayolimda saqladim», deb yozadi Nazarboyev. 

Keyinçalik Nazarboyev uning «Qozoğiston gözali» tanlovida iştirok etayotganini bilib qoladi va tez orada u bilan körişadi. 

«Tanişdik, bu özaro simpatiyaga aylandi, simpatiya esa yaqinlikka. Keyin uçraşa boşladik. Aselning taşqi körinişida ham, fikr-mulohazalarida ham özim izlagan köplab fazilatlarni kördim. Va eng muhimi, men yillar davomida davom etgan ruhiy yolğizlikdan xalos böldim. Musulmonlar urf-odatiga köra turmuş qurdik. Asel menga ikki farzand sovğa qildi – ikki uluğvor öğil. Tauman 2005 yilda, Bayken esa 2008 yilda tuğilgan. Otalik baxtiga 65 yoşimda yana sazovor böldim», deb yozdi sobiq prezident. 

Nazarboyevning qayd qilişiça, uning qonuniy turmuş örtoği Sora vaziyatni töğri tuşungan va keçirgan. 

«Yoşligimdan suyançiğim bölgan, eng oğir sinov soatlarida yonimda bölgan, uç qizim – Dariğa, Dinara, Aliyaning onasi Soraga umrim davomida şukronalik, ğamxörlik bilan munosabatda bölganman. Bu oğir hayotda, taqdirimning öşa buriliş pallasida u meni tuşunib, keçirgani bilan ham taskin topdim. Tauman tuğilgandan söng, men Olmaotaga kelib, undan keçirim söraganimda va hamma narsani aytib berganimda, u yanada olijanoblikni körsatdi. «Bolada ayb yöq, u misli farişta, baxtli bölsin», dedi Sora. Qizlarim ham meni töğri tuşunişdi», deb yozdi Nazarboyev.