Bu yilgi dekabr oyi sovuq bölmaydi, örtaça oylik harorat me’yordan yuqori, ba’zi hududlarda me’yor atrofida bölişi kutilmoqda, deya xabar berdi «Özgidromet» xizmati agentligi matbuot xizmati.
Dekabr oyi qiş uçun xos bölmagan iliq ob-havo bilan boşlanadi. Eng issiq kunlarda havo harorati +15…+18 darajagaça, janubda +20…+22 darajagaça kötariladi.
Havo harorati keçasi –1…–6 darajagaça, şimolda –8…–13 darajagaça pasayişi kuzatiladi. Sinoptiklarning qayd etişiça, dekabr oyi uçun bu normal holat hisoblanadi.
Oyning birinçi haftasida Özbekiston böylab havoning yoğingarçiliksiz bölişi, havo harorati keçasi +2…+7, kunduzi +13…+18 daraja bölişi kutilmoqda. Bunday quruq va iliq boşlaniş Özbekistonda juda kam uçraydi, deyiladi xabarda.
Keyinçalik — oyning oxirigaça havo harorati keçasi +5…+8 darajadan –3…–6 darajagaça, kunduzi +15…+18 darajadan +2…+5 darajagaça bölişi kutilmoqda. Oy davomida vaqti-vaqti bilan yoğingarçiliklar kuzatiladi.
Ötgan yillardagi dekabr oyi
Sönggi 50 yildagi eng sovuq dekabr 1984 yilda bölgan. Keçasi havo harorati sovuqning eng yuqori çöqqisida –18…–23 darajagaça, ba’zi joylarda –25…–27 darajagaça pasaygan.
2022 yilning dekabr oyi birinçi kunlaridanoq qor yoğişi va havo haroratining keskin pasayişi bilan özining qişki xarakterini körsatgan. Juda sovuq havo deyarli oyning örtalariga qadar davom etgan. Keçasi bu davrda havo harorati köpçilik hududlarda –10…–15 darajagaça, şimoliy va çöl hududlarda –19…–24 darajagaça pasaygan.
Faqatgina respublika janubida va Farğona vodiysida havo unçalik sovuq bölmagan, minimal harorat –1…–6 daraja atrofida bölgan.
Ötgan yili qor körinişidagi yoğingarçilik respublikaning markaziy tumanlari tekisliklari böylab qor qoplamining şakllanişiga olib kelgan va bu qariyb 10 kun davom etgan. Maksimal qor balandligi 7–12 sm, ba’zi joylarda 13–17 santimetrgaça bölgan.Toğli hududlarda qor qoplamining balandligi 40–90 santimetrga yetgan.
2021 yil dekabr oyi esa sönggi 50 yildagi eng issiği bölgan. Respublika böyiça örtaça oylik havo harorati me’yordan 2−4 daraja yuqori bölgan. Eng issiq kunlarda havo harorati kunduzi +20…+25 darajagaça, janubda +26…+28 darajagaça kötarilgan. Respublikaning ayrim hududlarida havoning maksimal harorati butun meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori körsatkiçlarni taqdim etgan.












