DXX Amerikaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘ydi
Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida Meksika orqali Amerikaga jo‘natishni aytib, fuqarolardan pul undirgan shaxslar qo‘lga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan shaxs mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali AQShga yuborishni va’da qilgan. U “xizmati uchun” 25 ming AQSh dollari talab qilib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 15 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Past Darg‘om tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan shaxs Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, 1996 yilda tug‘ilgan tanishi bilan kelishgan holda mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Turkiya-Armaniston-Nikaragua-Meksika yo‘nalishi orqali AQShga yuborishni va’da qilgan. Buning evaziga 23 ming dollar talab qilgan hamda kelishilgan pulning 12 ming dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.
DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Andijon tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan shaxs Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni AQShga yuborishni va’da qilib, 10 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
22:57 / 21.12.2024
Farg‘onadagi portlash, Jizzaxga yangi hokim va kadastrdan tadbirkorlarga “qora xat” - hafta dayjesti
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
16:56 / 20.12.2024