«Yuksaliş» harakati huquq-tartibot organlari xodimlarining tasvirlarini ularni «obrösizlantiriş maqsadida» tarqatganlik uçun 15 sutka qamoq jazosi belgilaş haqidagi qonun loyihasi atrofidagi vaziyatga munosabat bildirdi. Harakat bu boradagi e’tirozlarni asosli deb hisoblagan va buning sabablarini keltirgan.
«Içki işlar vazirligi tomonidan kiritilgan va Oliy Majlis Qonunçilik palatasida uçinçi öqişda qabul qilingan qonun loyihasidagi huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarini obrösizlantiriş yoki xaqorat qiliş maqsadida foto va video tasvirlarni internet axborot tarmoğida joylaştirganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari miqdorida jarima yoki 15 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolanişga oid norma jamoatçilik orasida keng muhokamaga va e’tirozlarga sabab bölmoqda.
Jamoatçilik tomonidan uşbu normaning kiritilişi bugungi oçiqlik siyosatiga zid kelişi hamda mamlakatda inson huquqlari bilan boğliq holatga putur yetkazişi mumkinligi ta’kidlanmoqda. «Yuksaliş» harakati mazkur e’tirozlarni quyidagi sabablarga köra asosli deb hisoblaydi.
Birinçidan, qonunçilikdagi har bir özgariş, ayniqsa, demokratiyaning asosiy belgilari bölmiş inson huquqlari va davlat organlarining oçiqligi va şaffofligiga oid siyosatga jiddiy ta’sir körsatuvçi yangi qoidani kiritiş ma’lum bir asoslarga ega böliş kerak.
Ya’ni bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvçi idoralarning xodimlarini internet tarmoğida asossiz obrösizlantiriş va haqoratlaş holatlari juda köpayib ketdimi? Agar köpaygan bölsa aniq raqamlar qança? Sababi nimada va bu kabi holatlar tizimning soğlom işlaşi uçun neçoğlik jiddiy ta’sir körsatmoqda? Albatta, bu savollarga javob berilişi lozim.
Ikkinçidan, uşbu normani asoslaş uçun fuqarolik kodeksining 99-moddasi va «Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida»gi Qonunning 4 va 28-moddalari asos sifatida keltirilgan.
Ya’ni uşbu moddalarga köra, şaxsning hayoti va soğliği, şa’ni va qadr-qimmati, şaxsiy daxlsizligi, işçanlik obrösi, şaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga bölgan huquqi, tasvirga bölgan huquqi, mualliflik huquqi, boşqa şaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tuğilganidan boşlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegişli bölgan boşqa nomoddiy ne’matlar tortib olinmaydi va özga usul bilan boşqa şaxsga berilmaydi. (99-modda)
Şu bilan birga, sub’yektning roziligisiz yoki boşqa qonuniy asos mavjud bölmagani holda şaxsga doir ma’lumotlarni oşkor etiş va tarqatişga yöl qöyilmasligi belgilangan.












