3 dekabrda Dubayda ötayotgan xalqaro iqlim sammitining 4-kuni yakunlandi. Sammitning asosiy mavzusi soğliq va iqlim özgarişi örtasidagi boğliqlikka qaratildi. Bunda tropik kasalliklarning tarqalişiga sabab böladigan issiqdan noqulay iqlim keltirib çiqaradigan zararlargaça muhokama qilindi.

“Iqlim özgarişi ölimga sabab bölişiga işonçimiz komil bölişi uçun iqlim özgarişi ölimga olib keladi degan guvohnoma bölişi şart emas”, – dedi JSSTning iqlim va salomatlik bölimi boşliği Diarmid Kempbell-Lendrum.

JSSTning iqlim va salomatlik bölimi boşliği Diarmid Kempbell-Lendrum

Yangi deklaratsiya qabul qilinadi

70ga yaqin davlat va 39ta taşkilot uruş va global isiş halokatga olib kelgan joylar uçun iqlimga moslaşişga qaratilgan moliyaviy yordam paketi böyiça deklaratsiyani qöllab-quvvatladi. "Iqlim, Işonç, Soğliq va Tinçlik deklaratsiyasi" deb nomlangan hujjat iqlimga moslaşiş uçun moliyaviy kömak va çidamlilikni oşirişni maqsad qiladi.

International Alert taşkilotining ijroçi direktori Nik Xeyli bu deklaratsiyani “töğri yönalişdagi katta qadam” deb aytib, COP29’da uruş va iqlim özgarişi köproq muhokamalar qiliş kerakligi va bu global iqlim böyiça muzokaralarning ajralmas qismi bölişi kerakligini aytdi.

International Alert taşkilotining ijroçi direktori Nik Xeyli

Noqulay ob-havodan aholini erta ogohlantiriş tizimi

BMT ma’lumotiga köra, favqulodda ob-havodan erta ogohlantiriş tizimidan 2015 yildagiga qaraganda 2 barobar köproq mamlakat foydalanyapti. 2023 yil mart oyi holatiga köra, dunyoda 101 hududda erta ogohlantiriş tizimi bor va bu ötgan yilgidan 6 taga köp. Sammit davomida bu tizim uçun Şvetsiya 5,3 million yevro, Daniya 5,4 million yevro va Fransiya 8 million yevro ajratişini e’lon qildi.