Bugun, 4 dekabr kuni birja savdolarida oltin narxi bir troya unsiyasi uçun 2135,39 dollargaça qimmatlaşdi. Bu tarixiy rekord körsatkiç hisoblanadi.
Qimmatbaho metall narxlarining keskin darajada oşişiga sabab sifatida Yaqin Şarqdagi qurolli mojaro hamda Federal zaxira tizimining stavkani pasaytiriş böyiça kutilmalar keltirib ötilgan.
Özbekiston oltin savdosi böyiça dunyo yetakçilaridan biri sanaladi. Tabiiyki, qulay narxlar asosiy eksport tovari hisoblangan oltin eksportini yanada rağbatlantiradi.
2023 yilning 10 oyida Özbekiston 6,87 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu rekord körsatkiç hisoblanib, ötgan yilga nisbatan 2,3 barobarga köp. Ma’lumot uçun, Özbekiston 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotgan.












