UzAuto Motors Lacetti-Gentra işlab çiqarişni töxtatadi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.
Kompaniya uşbu modelning butunlay konveyerdan olib taşlanişini GM kompaniyasining global savdo siyosati bilan boğlagan.
«Mazkur avtomobil uçun butlovçi qismlar işlab çiqaruvçi korxonalarning işlab çiqariş quvvatlari yangi modellarga yönaltiriladi», deyiladi xabarda.
Tasdiqlanmagan xabarlarga köra, Lacetti örnini Onix, Cobalt-2 va yangi, hali sotuvi e’lon qilinmagan hamyonbop boşqa bir Chevrolet modeli egallaşi mumkin.
Ma’lumot uçun, UzAuto Motors 2003 yildan Lacetti avtomobilini işlab çiqarişni boşlagan. 2008 yildan uşbu modelni seriyali yiğiş yölga qöyiladi. 2013 yilda esa Lacetti-2 (hozirgi Gentra) işlab çiqarilişi boşlandi. Bir yildan keyin birinçi avlod Lacetti’ning işlab çiqarilişi töxtatilgan.
Avvalroq, dekabr oyining ikkinçi yarmida 2024 yilda işlab çiqarilişi rejalaştirilgan ommabop avtomobillar uçun onlayn kontraktatsiya oçilişi ma’lum qilingandi. Şartnoma beriş Cobalt, Damas hamda Labo modellari uçun amalga oşiriladi.
UzAuto Motors ötgan yilning oxirida Nexia-3 va Spark işlab çiqarişni ham töxtatgandi.












