Beeline Uzbekistan ommabop onlayn-kinoteatr ilovasining faol foydalanuvchilari soni 1 million nafardan, o‘rnatishlar soni esa 5 milliondan oshdi.

O‘zbekistonlik yosh va intiluvchan mutaxassislar jamoasi tomonidan rivojlantirilayotgan Beeline TV, "Ko‘ngilochar" kategoriyasida Google Playʼdagi bepul ilovalar orasida peshqadamlik qilmoqda va App Storeʼda ham xuddi shu toifada Netflix kabi gigantlarni ortda qoldirib, eng ommabop 5 ta bepul ilovalar qatoriga kiradi.

O‘zbek auditoriyasining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratilgan Beeline TV millionlab tomoshabinlariga filmlar, seriallar, telekanallar, o‘quv va ko‘ngilochar kontentdan iborat keng mediatekadan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Barcha Beeline mijozlari uchun tarif rejasidan qat’i nazar, Beeline TV ilovasida trafik narxlanmaydi va tarif bo‘yicha limitlar sarflanmaydi, shuningdek, "SPORs UZ", "Yoshlar", "Mahalla", "Dunyo bo‘ylab", "BOLAJON TV", "Aqlvoy", "Navo" va boshqalarni pulli obuna bo‘lish zaruratisiz ham tomosha qilish mumkin. Bundan tashqari, raqamli operator abonentlari Beeline TV uchun to‘lovni bevosita o‘z hisobidan (balansidan) amalga oshirishlari mumkin.

Beeline TV xorijiy filmlar, seriallar va kanallardan tashqari, o‘z obunachilari e’tiboriga "O‘zbekkino"ning ulkan mediatekasini, HD formatdagi o‘zbek filmlarining "Oltin to‘plamlaridan": "Abdullajon yohud Stiven Spilbergga bag‘ishlanadi", "Shum bola", “Maftuningman, "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Mahallada duv-duv gap" va boshqalar, shuningdek, Avaz Oxun, Bravo va Dizayn jamoalari konsert dasturlari va teatr tomoshalarini havola etadi. Bundan tashqari, dekabr oyi oxirigacha Beeline mijozlari hech qanday reklamasiz va trafik xarajatlarisiz Setanta Sporsʼga qo‘shimcha to‘lovlarsiz obuna bo‘lishlari va butun dunyo bo‘ylab eng yirik futbol ligalari va sport turnirlarining jonli translatsiyalaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Shuningdek, sport ishqibozlari uchun ilovaning ijtimoiy tarmoqlarida futbol yangiliklarining haftalik video dayjestlari berib boriladi va joriy yilning oxirigacha iPhone 14 Pro Max yutib olish imkoniyatini beruvchi tanlov ham o‘tkaziladi. Aksiyada ishtirok etish uchun havola orqali o‘tib, bo‘lajak o‘yinning taxminiy natijasini tanlash kerak bo‘ladi. Keyin Beeline TV xizmatida ro‘yxatdan o‘tib, istalgan videokontentni eng kamida 15 soniya tomosha qilish lozim. Bir nafar foydalanuvchidan faqat bitta javob qabul qilinadi, agar natijani to‘g‘ri taxmin qilganlar bir nechta bo‘lsa, g‘oliblar tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi. Yutuqli o‘yin natijalari Instagramʼda jonli efirda namoyish etiladi.